Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Lepidokrokit – FeO(OH)
Nomi grekcha «lepidos» - plastinka, «krokos» - shafran degan ma’noni bildiradi. Sinonimi: yoqut slyudka. Kimyoviy tarkibi: Fe – 62,85%; O – 36,01%; H – 1,14%. Aralashma sifatida Mn bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =3,87; b 0 =12,51; c 0 =3,06; a 0 :b 0 :c 0 =0,309:1:0,245. 176 Lepidokrokit yupqa qavatsimon yoki tolasimon, ba’zan buyraksimon agregatlar holida uchraydi. Kristallari plastinkasimon qiyofaga ega. Rangi qizildan qizg‘ish-qoragacha. Chizig‘ini rangi sarg‘ish yoki g‘ishtdek qizil. Yaltirashi olmossimon. Yupqa shliflarda shaffof. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha o‘ta mukammal, (001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 4. Solishtirma og‘irligi 4,09-4,1. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy: Ng=2.51; Nm=2,20; Np=1,94; 2v=83°. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida qizg‘ish, sarg‘ish-qizil, kuchli pleoxroik. Silliqlangan shliflarda kulrang-oq, kuchli anizotrop va pleoxroik. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 17% atrofida. Lepidokrokitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar formasi, chizig‘ini rangi va kichik solishtirma og‘irligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,292; 2,471; 1,937. HCl da eriydi. Dahandam alangasida erimaydi. Yuqori temperaturada qora tusga kirib, magnitlanib qoladi. Yopiq trubkada suv ajralib chiqadi. Laboratoriya sharoitlarida lepidokrokitni yangi tayyorlangan Fe 2 O 3 , Fe 2 S 3 va FeS dan olish mumkin. Lepidokrokit ekzogen sharoitlarda, qo‘ng‘ir temirtoshli konlarda, qavatsimon agregatlar hosil qilib yuzaga keladi. Gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lgan lepidokrokit plastinkasimon kristallar tarzida uchraydi. Lepidokrokit konlari Germaniyada (Zigen), Sharqiy Sibirda (Angar-Ilimsk rayoni) ma’lum. Lepidokrokit O‘zbekistonda Chodoq, Takeli, Sharqiy Qoramozordagi mis- vismutli konda, Qo‘rg‘oshinkonda, Qo‘chbuloqda, Shimoliy Priaralda kuzatilgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling