Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Aragonit – SaSO
3
  
U birinchi marta topilgan joyi Aragoniya (Ispaniya) nomi bilan atalgan. 
Kimyoviy tarkibi: Sa = 40,04%; S = 12%; O = 47,96%. Ko‘pincha aralashma 
sifatida stronsiy, magniy, temir, rux bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, 
simmetriya ko‘rinishi rombo – dipiramidal – 3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi a
0
= 4,95; 
b
0
= 7,96; c
0
= 5,73; a
0
:b
0
:c
0
= 0,622: 1: 0,720.
21.4-rasm. Aragonitning «Gulkaram» strukturasi 
Agregatlari ko‘pincha nayzasimon, radial shu’lasimon va yulduzcha bo‘lib 
o‘sgan kristallardan iborat. Shunga o‘xshash kristallangan po‘stloq, oqiq, 


188 
sharsimon shakllar (21.4-rasm) va oolit bo‘lib tuzilgan massalari ham topiladi. 
Ba’zan chalkashib ketgan va butoqli «poya» shaklida, rangi oppoq qordek, «temir 
gullar» bo‘lib uchraydiganlari juda ajoyibdir(21.5, 21.6-rasmlar).
21.5-rasm. Aragonit gullari uglerodli slanetsda. 
21.6-rasm. Aragonit 


189 
Juda ko‘p yumshoq tanlilar chig‘anoqlarining ichki sadaf qismi chig‘anoq 
yuzasiga parallel bo‘lgan yupqa aragonit qavatlaridan iborat. Ma’lumki, 
chig‘anoqlar orasiga tushib qolgan qum zarralari va boshqa jismlar organik 
moddalar bilan aralashgan ana Shunday kal’siy karbon oksidi bilan qoplanadi, 
buning natijasida marvarid donalari hosil bo‘ladi. Kristallarining qiyofasi 
prizmatik (ko‘pincha psevdogeksagonal, ignasimon). Uning qo‘shaloq kristallari
psevdogeksagonal qiyofadagi uch qo‘shaloq, to‘rt qo‘shaloq va murakkab 
polisintetik qo‘shaloq bo‘lgan kristallari ham keng tarqalgan.
Aragonitning rangi oq, sarg‘ish oq, ba’zan och yashil, binafsha va kulrang. 
Ayrim kristallari ko‘pincha shaffof va rangsiz. Yaltirashi shishasimon, singan 
joylarida yog‘langandek. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 
3,5 – 4. Solishtirma og‘irligi 2,9 – 3. Katod nurlarida kuchsiz och binafsha, ba’zan 
qizg‘ish – sariq rangli nur tarqatadi. Oddiy temperaturada aragonit barqaror emas, 
erituvchilar ishtirokida asta – sekin kal’sitga aylanadi. Temperatura 400°C gacha 
ko‘tarilganda kal’sitga aylanishi tezlashadi. Optik konstantalari: Ng=1,686; 
Nm=1,681; Np=1,530; Ng – Np=0,156; 2v=18°.
Aragonit uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallarining qiyofasi, ya’ni 
tomonlarida ingichka tarnovchalar bo‘lishi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi 
asosiy chiziqlari: 3,391; 1,971; 1,738. Kislotalarda juda ko‘p karbon kislotasi 
ajratib eriydi. Dahandam alangasida kal’sitga o‘xshab o‘zgaradi.
Aragonitni sun’iy yo‘l bilan eritmalardan ishqorli metall karbonatlarini 
kal’siy tuzlari bilan almashinish reaksiyalari natijasida olish mumkin (aragonitni 
kristallanishi uchun Ba, Sr, Mg, Pb va CaSO
4
tuzlarini bo‘lishi yordam qiladi). 
Bunda temperatura 30° - 70°C oralig‘ida bo‘lishi kerak, past temperaturada esa 
kal’sit hosil bo‘ladi.
Aragonit issiq va sovuq eritmalardan hosil bo‘lib, magmatik tog‘ jinslarini 
bo‘shliqlarida va mineral manbalari yotqiziqlarida uchraydi. Temir gullari sul’fid 
konlarini oksidlanishi zonasida, magnezial karbonatli jinslar orasida uchraydi. 
Aragonit bilan bir assotsiatsiyada gips,sselestin, siderit, malaxit va turli sul’fidlar 
uchraydi. Aragonit o‘rnida hosil bo‘lgan kal’sit paramorfozalari ko‘p uchraydi.


190 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling