Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Siderit – FeCO
3 Grekcha «sideros» - temir degani. Sinonimi – temir shpati. Kimyoviy tarkibi: Fe – 48,2%, S – 10,37%, O – 41,43%. Izomorf aralashma sifatida Mg va Mn uchraydi. Singoniyasi trigonal. Simmetriya ko‘rinishi ditrigonal’ skalenoedrik – L 3 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,71; c 0 =15,43. Siderit odatda donador, sharsimon va marmarsimon massalar holida uchraydi. Sideritning rangi yangi singan joylarida sarg‘ish-oq, kulrang-oq, ba’zan qo‘ng‘irroq tusda. Nurash natijasida to‘q qo‘ng‘ir rangga kiradi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (1011) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 3,5-4,5. 199 Solishtirma og‘irligi 3,9. optik xususiyatlari: Nm – 1,875; Np – 1,633; Nm- Np=0,242. Katod nurida sarg‘ish-qizil nur sochadi. Sideritni aniqlash uchun diagnostik belgi, romboedr bo‘yicha mukammal ulanish tekisligiga ega bo‘lishi va qizdirishda yuzaga kelgan egri chiziqlardir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,791; 2,135; 1,733. Sovuq HCl da sekin, qizdirganda esa juda tez eriydi. Dahandam alangasida qorayib, juda qiyinchilik bilan eriydi va magnit tortish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Sun’iy yo‘l bilan sideritni SaSO 3 ni FeCl 2 yoki FeSO 4 eritmasi bilan yopiq trubkada 130°-200°C yoki FeSO 4 va NaHCO 3 eritmalar aralashmasini ortiqcha SO 2 bilan qizdirish natijasida olish mumkin. Siderit gidrotermal jarayonlarda rudali tomirlar tarkibiga kiruvchi minerallar bilan birga yuzaga keladi. Gilli yotqiziqlar va ohaktoshlarda ekzogen yo‘l bilan yuzaga keladi. Siderit bilan bir assotsiatsiyada rudali tomirlardagi minerallar va qo‘ng‘ir temirtoshlar uchraydi. Sideritning konlari Uralda, Zakarpat’eda, Avstriyada, Germaniyada, Shotlandiyada va Uel’sda ma’lum. O‘zbekistonda siderit Chotqol-Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston va Qizilqumda uchraydi. Konlarning oksidlanish zonasida siderit barqaror bo‘lmay, qo‘ng‘ir temirtoshlarga aylanadi. Siderit uyumlari katta massalar holida topilganida va tarkibida zararli aralashmalar (fosfor, oltingugurt va boshqalar) kam bo‘lganida sanoatbop temir ruda koni bo‘lib xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling