Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Stronsianit – SrCO

Nomi birinchi marta topilgan joyi Stronshen (Shotlandiya)ga atab qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: Sr – 59,35%; S – 8,14%; O – 32,51%. Tarkibida ko‘pincha CaO 
ishtirok etib, uning miqdori 13% gacha bo‘ladi. Bunday xili kal’siostron-sianit 
deyiladi. Aralashma sifatida BaO, PbO va boshqa oksidlar bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=5,13; b
0
=8,42; c
0
=6,09; a
0
:b
0
:c
0
=0,610:1:0,724.
Kristallari odatda qo‘shaloq bo‘lib psevdogeksagonal’ qiyofaga ega. Ular 
odatda uzun va qisqa prizmatik hamda ignasimon bo‘ladi. Agregatlari odatda yaxlit 
donasimon yoki tolasimon bo‘ladi.


198 
Rangi rangsiz yoki sarg‘ish, yashilroq va kulrang tusda bo‘ladi. Yaltirashi 
shishasimon, singan joylari yog‘langandek. Ulanish tekisligi yo‘q. Qattiqligi 3,5-4. 
Solishtirma og‘irligi 3,6-3,8. Optik xususiyatlari: Ng=1,668; Nm=1,667; 
Np=1,520; Ng-Np=0,148; 2v=7°. Katod nurlarida ochiq havorang nur sochadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,51; 2,450; 2,042. Kislotalarda qaynab 
oson eriydi. Dahandam alangasida kuchli qizdirilganda ko‘pchib chiqadi va karam 
gulga o‘xshash shaklga kiradi. Kuchli nur sochadi va alangani o‘tkir oq qizil 
rangga bo‘yaydi (Sr).
Stronsianit asosan ekzogen yo‘l bilan tomirlarda va darzliklarda cho‘kindi 
jinslar orasida hosil bo‘ladi. Oz miqdorda vulqondan keyingi jarayonlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan, gidrotermal yo‘l bilan hosil bo‘ladigan tomirlarda va bodomsimon 
bo‘shliqlarda uchraydi. Stronsianit bilan bir assotsiatsiyada ohaktoshlarda, 
mergellarda va effuziv tog‘ jinslardasselestin, barit va sof tug‘ma oltingugurt 
uchraydi.
Stronsianit 
konlari 
Germaniyada, 
Ukrainada, Kavkazda ma’lum. 
O‘zbekistonda stronsianit juda kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib, Qurama 
tog‘laridagi Taboshar konida va oltingugurtli Etimtov konida topilgan.
Yer yuzida stronsianit o‘zgaribsselestinga aylanadi.
Stronsianit qand-shakar olishda, ximiya sanoatida, pirotexnikada va boshqa 
sohalarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling