Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Malaxit -CuCO
3 ·Cu(OH) 2 Grekcha «malaxe» - gulxayri demakdir. Shu o‘simlik rangiga o‘xshaganligi uchun Shunday nom berilgan bo‘lsa kerak. Kimyoviy tarkibi: Cu=57,5%; C=5,4%; N=0,9%; O=36,2%. Aralashma sifatida CaO, Fe 2 O 3 , SiO 2 va boshqalar bo‘lishi mumkin. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi – prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =9,48; b 0 =12,03; c 0 =3,21; β=98°. Malaxit odatda bo‘shliqlarni va darzliklarni to‘ldirgan yaxlit mayda donador agregatlar holida uchraydi. Ba’zan stalaktit, gardlar, qobiq holida ham uchraydi. Malaxit uchun yirik buyraksimon holda hosil bo‘lgan agregatlar xarakterli bo‘lib, u yashil shishasimon bosh deb ataladi. Bu agregatlar uchun ochiq yashildan 201 rangsizgacha qatlam-qatlam bo‘lib ko‘rinish xarakterlidir. Malaxitni tuproqsimon xillari ham uchrab uni mis yashili deb ataladi. Malaxit kristtallari juda kam uchraydi. Ularni qiyofasi odatda prizmatik, ninasimondan tolasimongacha. Kristallari ko‘pincha qo‘shaloq holda uchraydi. Malaxitning rangi yashildan oqqacha. Yaltirashi shishasimondan olmossimongacha. Tolasimon xillari ipakdek yaltiraydi. Optik konstantalari: Ng=1,909; Nm=1,875; Np=1,655; Ng-Np=0,254 2v=43°. Qattiqligi 3,5-4. Mo‘rt. Ulanish tekisligi (201) bo‘yicha mukammmal, (010) bo‘yicha o‘rtacha. Soltishtirma og‘irligi 3,9-4,1. Malaxit uchun diagnostik belgi bo‘lib, o‘ziga xos yashil rangi, ko‘pincha oqiq shaklda, tolalarini esa radial-nursimon bo‘lishi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,63; 2,82; 1,509. HCl da qaynab eriydi. Dahandam alangasida eriydi va mis gardi yuzaga keladi. Yopiq naychada qorayadi va suv ajralib chiqadi. Malaxit mis konlarining yuqori gorizontlarida tarkibida mis bo‘lgan birlamchi minerallarni oksidlanishidan hosil bo‘ladi. Ko‘pincha sof tug‘ma mis, kuprit,sserussit, azurit va boshqa minerallar o‘rnida psevdomorfozalar hosil qiladi. Uralda malaxitni butun dunyoga nomi chiqqan Mednorudyansk (Nijniy Tagil yaqinida) va Gumeshevsk (Sverdlovskni janubi-g‘arbida) konlari ma’lum. Bu erdan taxminan 320 tonna keladigan malaxitni bo‘lagi topilgan. Bu erdan olinadigan malaxit bezaklarining boyligi va juda chiroyliligi butun dunyoga ma’lum. Sankt-Peterburgdagi Isaakiy soborining mashhur kolonnalariga, qishki saroy, ermitaj zallariga va boshqalarga qoplangan malaxit ana shu konlardan olingan. Malaxitning katta massalar holida topilgan xillari har xil bezak ishlarida va xashamdor buyumlar – rangi va rasmlari chiroyli bo‘lgan vazalar, qutichalar, stollar va boshqa narsalar olishda ishlatiladi. Malaxitning mayda kukunsimon xillari bo‘yoq olishda ishlatiladi. Bundan tashqari malaxit rudalaridan boshqa minerallar bilan birgalikda mis eritib olinadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling