Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

22.6-rasm. Gips jeodasi 
Gips dengizlarda hosil bo‘ladigan kimyoviy cho‘kindi hisoblanib, dengiz 
havzalarini qurishi natijasida cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Tekshirishlarni 
ko‘rsatishicha, gips suvli eritmalardan 63°C dan past temperaturada hosil bo‘lib, 
undan Yuqori temperaturada esa angidrit hosil bo‘ladi. Gips odatda cho‘kindi 
jarayonarda katta qatlamlar tarzida oxaktoshlar, mergellar, gillar va qumlar bilan 
birgalikda uchraydi. Gipsning eng ko‘p to‘plamlari perm va trias davri yotqiziqlari 
bilan bog‘liq. Gips angidritni gidratlanishi natijasida va ikkilamchi mahsulot 
sifatida oltingugurt va oltingugurt minerallarini oksidlanish zonasida hosil bo‘ladi. 
Bundan tashqari gidrokimyoviy reaksiyalarda qaytadan yotqizilgan mineral sifatida 
ham uchrashi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan va ahamiyatga ega bo‘lgan konlari, 
dengiz suvlarida gipsni kimyoviy cho‘kishi natijasida yuzaga keladi. Bunday 
xollarda gips dengiz havzalarini qurishi natijasida, bug‘lanishni birinchi 


214 
bosqichida, eritma NaCl va boshqa tuzlar bilan to‘yinmasdan avval cho‘kadi, 
bundan keyin angidrit so‘ngra galit hosil bo‘ladi. 
Gips o‘rnida hosil bo‘lgan kal’sit, aragonit, malaxit, kvars va boshqa 
minerallarning psevdomorfozalari bo‘lgani kabi, gipsning boshqa minerallar 
kal’sit, angidrit, galit o‘rnida hosil qilgan psevdomorfozalari ham ma’lum. 
Gipsning yirik konlari Uralda, Donbassda, Kavkazda, Turkmanistonda ma’lum.
Gips O‘zbekistonda keng tarqalgan minerallar qatoriga kirib, Janubiy O‘zbekiston 
va Chotqol – Qurama tog‘larida ko‘p uchraydi.
Kuydirilgan gipsssement sifatida, lepka ishlarida material sifatida
meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladi. Xom gips haykallar yasashda 
(alebastr) va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Zich xillari bezaktosh sifatida ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling