Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Gips - CaSO
4 · 2H 2 O Mineralning nomi grekcha gips – bo‘r, gips degan so‘zdan kelib chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Ca – 23,28%; S – 18,62%; O – 55,75%; H – 2,35%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 RS. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,68; b 0 =15,15; c 0 =0,374; a 0 :b 0 :c 0 =0,691:1:0,415 β=113°50′. Kristallarining qiyofasi tabletkasimon, ustunsimon va prizmatik bo‘ladi (22.5-rasm). Yopishib o‘sgan qo‘shaloq kristallari ham ko‘p uchraydi. Agregatlari zich massa holida, tomirsimon to‘plamlar, hamda ayrim kristallar, jeodalar (22.6- rasm) va druzalar shaklida uchraydi. Gips kristallangan tolasimon, donasimon va qumsimon xillarga ajratiladi. Gipsni yarim shaffof tolasimon xili selenit yoki oy toshi deyiladi. Mayda donador xili alebastr, qumsimon xili – poykilitli gips deyiladi. Gips kristallarini o‘sishmasi gipsli atir gullarni hosil qilishi mumkin. 22.5-rasm. Gips. Gipsni rangi oq, ayrim kristallari ba’zan suvdek shaffof. Aralashmalar hisobiga turli ranglarda bo‘lishi mumkin. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha o‘ta mukammal, (100) va (011) bo‘yicha aniq. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 1,5 – 2 (tirnoq bilan chiziladi). Solishtirma og‘irligi 2,3. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat. Ng= 1,530; Nm= 1,528; Np= 1,520; Ng-Np= 0,010; 2v= 58°. 213 Gips uchun diagnostik belgi bo‘lib, ulanish tekisligini o‘ta mukammalligi va kichik qattiqligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,074; 2,075; 1,890. HCl da eriydi, suvda qisman eriydi. Eng ko‘p erishi 37 – 38°C da bo‘ladi, 107°C dan yuqori temperaturada esa erishi kamayadi. Dahandam alangasida suvi yo‘qoladi, varaq – varaq bo‘lib ajralib eriydi va oq rangli emalga aylanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling