Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Tenardit – Na
2 [SO 4 ] Fransuz ximigi Lui Tenar (1777-1875) Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Na – 32,27%; S – 22,57%; O – 45,06%. Aralashma sifatida ba’zan K 2 O va SaSO 4 bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,85; b 0 =12,29; c 0 =9,75; a 0 :b 0 :c 0 =0,476:1:0,793. Tenardit odatda donador agregatlar holida uchraydi. Kristallari juda kam. Kristallari dipiramidal va pinakoidal qiyofaga ega. Tenardit rangsiz, shaffof ba’zan qizg‘ish bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi {010} bo‘yicha mukammal, {101} bo‘yicha ozroq mukammal va {100} bo‘yicha makammal emas. Qattiqligi 2,5-3. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,66. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli musbat, Ng=1,485; Nm=1,474; Np=1,464; Ng- Np=0,021. Tenarditni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, kristallar qiyofasi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,62; 3,10; 2,82. Suvda eriydi. Dahandam alangasida eriydi va alanga sariq rangga kiradi. Sun’iy yo‘l bilan tenardit, natriy sul’fatini suvli eritmalarini 32,4°C dan Yuqori temperaturada kristallanishi natijasida olinadi. 215 Tenardit suvli basseynlarda cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘lgan cho‘kindi mahsulot hisoblanadi. Kuzatishlarni ko‘rsatiishicha tenardit, NaSO 4 ni toza suvli eritmalaridan 32,4°C dan yuqori temperaturada cho‘kib kristallanadi, bundan past temperaturada esa mirabilit cho‘kadi. Agar eritmada xlorli natriy bo‘lsa, tenardit past temperaturalarda ham cho‘kishi mumkin (13,5°C gacha). Tuzli konlarda tenardit bilan birga mirabilit, astraxanit, galit, gips uchraydi. Juda kam hollarda tenardit gidrotermal va pnevmatolit jarayonlarda yuzaga keladi. Tenarditning konlari Turkmanistonda (Uzun-Su), shimoli-sharqiy Qozog‘istonda (Qulundi cho‘llari), Zakavkaz’eda (Shemaxim rayoni) ma’lum. O‘zbekistonda tenardit tuzli cho‘l zonalarida va tuzli Sho‘rkon, Kushkanota, Qoraumbet konlarida uchraydi. Mirabilit bilan birga kavlab olinib, shisha, soda va ximiya sanoatining boshqa sohalarida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling