Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari:
1. Volframit va sheelitga ta’rif bering. 2. Vul’fenit haqida ma’lumot bering 24. Fasfatlar Apatit – Ca 5 [PO 4 ] 3 (F, Cl, OH) Grekcha «apato» - aldayman degan ma’noni bildiradi. Qadim vaqtlarda buni yangilishib prizmatik va nayzasimon qiyofadagi boshqa minerallar deb bilganlar (berill, turmalin va boshqalar). Apatitning umumiy kimyoviy tarkibi quyidagicha belgilanishi mumkin: Ca 5 [PO 4 ] 3 (F, Cl, OH). Tarkibiga bog‘liq ravishda quyidagilarga ajraydi: 1) ftorapatit – Ca 5 [PO 4 ] 3 F, 2) xlorapatit – Ca 5 [PO 4 ] 3 Cl, 3) gidroksilapatit – Ca 5 [PO 4 ] 3 (OH). Aralashma sifatida doimo Mg, Sr, Ba, Ti, Si Mn ba’zan siyrak er elementlaridansseriy va ittriy uchraydi. Singoniyasi geksagonal. Simmetriya ko‘rinishi dipiramidal L 6 PC. Ftorapatit uchun a 0 =9,38b c 0 =6,86b a 0 :c 0 =1:0,73. Kristall strukturasi. Elementar yacheykaning {0001} tekislikdagi proeksiyasi romb shaklida bo‘lib, uning uchlarida ftor ionlari joylashadi. Kal’siy ionlari N.V.Belov aniqlashicha s o‘qi bo‘yicha ustunchalar hosil qiluvchi trigonal prizmalarning ichidan joy oladi. Shu ustunchalar ikki xil bo‘ladi: birinchisi tuzilishiga ko‘ra ancha murakkab va har qaysi qavatda uchta prizmadan iborat bo‘lib, shu prizmalarning oltinchi darajali o‘q atrofida joylanish tartibi har qaysi qavatda har xil bo‘lganligi uchun, strukturaning asosi umumiy geksagonal qiyofada bo‘ladi, boshqalari oddiy bo‘lib 225 yakka – yakka uch yonli prizmalardan iborat. Shu ustunlarning har biri o‘zaro vertikal yo‘nalish bo‘yicha ichi bo‘sh oktaedr bilan navbatma-navbat o‘rin almashuvchi PO 4 tetraedrlar yordami bilan bog‘lanadi. Bo‘shliq devorlarida ftor anionlari trigonal prizmalarning ikki qavati markazida joylashadi. Apatit ko‘pincha to‘g‘ri tuzilgan, bo‘shliq devorlari orasida yoki ustida o‘sgan olti yoqli prizma, igna shaklida bo‘lib, ba’zan kalta ustunsimon yoki tabletkasimon kristallar holida topiladi. Apatit kristall agregatlar, druzalar va prizmatik qiyofadagi donador kristallar tarzida uchraydi. Apatitning ayrim kristallarining uzunligi 1 m.dan ortiq bo‘lib, og‘irligi 160 kg.dan ortiq. Cho‘kindi jinslarda apatitning har xil konkretsiyalar shaklida bo‘lgan, tarkibida juda ko‘p boshqa minerallar (kvars, glaukonit, kal’sit va boshqalar) zarralari aralashgan uyumlari juda ko‘p tarqalgan (24.1-rasm). Bunday uyumlar umumiy nom bilan fosforit deyiladi. Apatitning rangi turlicha bo‘lib, ko‘proq shaffof, rangsiz, och yashildan zumrat yashilgacha, ba’zan havo rang, binafsha, qo‘ng‘ir bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon bo‘lib, singan joylarida yog‘langandek ko‘rinadi. Sindirish ko‘rsatkichlari Nm=1,633; Np=1,629; Nm–Np=0,004 (ftorapatit uchun). Qattiqligi 5. solishtirma og‘irligi 3,18 – 3,22. Ulanish tekisligi {0001} bo‘yicha mukammal emas. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling