Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Alunit – K
2
SO
4
 ·Al
2
(SO
4
)
3
 ·2Al
2
(OH)
6
  
Sinonimlari: alyunit, achchiqtosh.
Adsorblashgan suvga boy kolloid xiliga levigit deyiladi.
Kimyoviy tarkibi: K – 9,44%; Al – 19,54%; S – 15,48%; O – 54,08%; H – 
1,46%. Ko‘pincha Na
2
O ham uchraydi (natroalunit). Levigitda ba’zan siyrak er 
elementlari ham uchraydi.
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal skalenoedrik –L
3
3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=6,96; c
0
= 17,35; a
0
:c
0
=1:1,246; α=89°10´. Uchraydigan 
mayda kristallari romboedrik, psevdokubik yoki qalin tabletkasimon qiyofada 
bo‘ladi. Odatda mayin, donador, tuproqsimon, ba’zan tola – tola agregatlar xolida 
uchraydi.


219 
Alunitning rangi kulrang oq, sarg‘ish yoki qizg‘ish oq. Yaltirashi 
shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi 
(0001) bo‘yicha aniq. Qattiqligi 3,5-4. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,6 – 2,8. Optik 
hususiyatlari: bir o‘qli, musbat Ng=1,592; Nm=1,572; Ng-Nm = 0,02.
Uni boshqa minerallardan kimyoviy reaksiya natijasida ajratish mumkin. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,970; 1,891; 1,738. Suyultirilmagan 
H
2
SO
4
da qiyinlik bilan eriydi. Qizdirilganda HNO
3
da juda oson eriydi. Dahandam 
alangasida erimaydi.
Alunitni sun’iy yo‘l bilan achchiqtosh eritmasi va alyuminiy sul’fatini yopiq 
trubkada 230°C gacha qizdirib olish mumkin.
Alunit vulqondan keyin hosil bo‘lgan mahsulot sifatida lava va tuflarda 
uchraydi. Cho‘kindi tog‘ jinslarda uchragan xolda uning hosil bo‘lishi oltingugurt 
kolchedanini oksidlanishi bilan bog‘liq. Alunit bilan birgalikda kaolin, galluazit, 
gidrargillit uchraydi. Yirik konlari Xitoyda, Italiyada, Ozarbayjonda, Uralda 
ma’lum.
Alunitli jinslar achchiqtoshlar va alyuminiy sul’fati olish uchun manba 
bo‘lib hizmat qiladi. Alunitdan alyuminiy oksidi ham olish mumkin. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling