Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari:
1. Apatit va fosforitga ta’rif bering. 2. Feruzaning hosil bo‘lishi va amaliy ahamiyati. 25. Suvsiz boratlar Boratsit – Mg 3 B 7 O 13 Cl Tarkibida bor elementi bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Mg – 18,6%; B – 19,3%; Cl – 9,04%; O – 53,06%. Singoniyasi psevdokubik. Bu mineral 265° dan Yuqori temperaturada kubik (4L 3 3L 2 6P), 265°dan past temperaturada rombik (L 2 2P) modifikatsiyaga aylanadi. Fazoviy gruppasi: a 0 =8,54; b 0 =8,54; c 0 =12,07; a 0 :b 0 :c 0 =1:1:1,413. Boratsit odatda mayin donador yaxlit massa holida, ba’zan kubik va oktaedrik kristallar tarzida uchraydi. Rangi kulrang oq, sarg‘ish va yashilroq bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Chig‘anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi 7. Solishtirma og‘irligi 2,95. Optik konstantalari: Ng=1,673; Nm=1,667; Np=1,662; Ng-Np=0,011; 2v=90° atrofida. Boratsitning asosiy belgilari, uning kristallarining qiyofasi, Yuqori darajada qattiqligi va solishtirma og‘irligining biroz balandligidir. Rentgenogrammadagi 230 asosiy chiziqlari: 3,04; 2,72; 2,07. Dahandam alangasida ancha oson erib, oq emal’ sharchaga aylanadi va alangani yashil rangga bo‘yaydi. HCl da sekin eriydi. Sun’iy yo‘l bilan boratsitni MgO va H 3 BO 3 eritmasini, ortiqcha MgCl 2 va NaCl da, hamda Na 2 B 4 O 7 ni MgCl 2 va H 2 O bilan bosim ostida 280°C gacha qizdirib, sekin-asta sovutish yo‘li bilan olish mumkin. Boratsit tuz konlarida karnallit, sil’vin, galit, gips, angidrid va boshqa minerallar bilan birga topiladi. Boratsit birlamchi suvli magniy boratlarining, metamorfizm jarayonida, suvsizlanish yo‘li bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak. Germaniyadagi Stasfurt va Lyuneburg konlaridan topilgan. Nurash jarayonida suvni yutib, tolasimon qiyofaga kiradi. Boratsit bura va bor kislotasi olish uchun ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling