Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Bura – Na
2 [B 4 O 7 ]·10H 2 O Nomi arabcha «burag» - oq so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi – tinkal (sharq davlatlarida tabiiy holda uchragan, qaytadan ishlanmagan burani Shunday nom bilan atalgan). Kimyoviy tarkibi: Na – 12,05%; B – 11,34%; O -71,31%; N – 5,3%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =11,84; b 0 =10,63; c 0 =12,32; a 0 :b 0 :c 0 =1,114:1:1,159; β=106°35´. Bura prizmatik kristallar holida, tuproqsimon massa shaklida uchraydi. Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Rangi odatda rangsiz yoki kulrang oq, sarg‘ish, ko‘kish va yashilroq bo‘ladi. Yaltirashi shishadek va yog‘langandek. Havoda xiralashadi. Qattiqligi 2. Solishtirma og‘irligi 1,7. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal emas. Optik xususiyatlari: Ng=1,472; Nm=1,470; Np=1,447; Ng-Np=0,025; 2v=39°. Burani xarakterli diagnostik belgisi kichik qattiqligi va suvda oson erishidir. Bu mineral dahandam alangasida juda qavarib-qavarib ketadi, keyin erib shaffof sharchaga aylanadi. Suvda yaxshi erib, eritmasi kuchsiz ishqorlik xususiyatiga ega bo‘lib, mazasi kuchsiz, shirinroq ishqor maza beradi. Bura havoda osonlikcha degidratatsiyalanadi, xiralashadi va oqibat natijasida oq kukun moddaga aylanadi. Burani sun’iy yo‘l bilan Shunday tarkibli suvli eritmalarni bug‘lantirish yo‘li bilan olinadi. Bura qurib borayotgan borli sho‘r ko‘llarda paydo bo‘ladi. U erlarda bura galit, boronatrokal’sit, glauberit, gips, kal’sit va boshqa minerallar bilan bir 232 assotsiatsiyada uchraydi. Burani konlari Kashmir, Tibet, Kaliforniya, Taman yarim oroli, Kerch yarim oroli ko‘llari qirg‘oqlarida topilgan. Bura bor olinadigan asosiy minerallardan biri hisoblanadi. Bor emallar tayyorlashda, shisha, qog‘oz sanoatida, payvandlashda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling