Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

25.1-rasm. Turmalin «Quyoshi» 
 
25.2-rasm. Turmalinning radial nursimon tuzilishi 
Turmalinni rangi juda turli tuman bo‘lib, u asosan kimyoviy tarkibi bilan 
bog‘liq. Turmalinning temirsiz xillari-pushti, qizil, sariq va yashil, magnezial 
temirli xili esa-qora, qo‘ng‘ir, qoramtir-yashil bo‘ladi. Ayrim paytlarda bir 
kristallni o‘zi turli xil rangli bo‘ladi, ya’ni bo‘yi yoki eni yo‘nalishi bo‘yicha rangi 
o‘zgarib borishi mumkin. Bunday turmalinlar polixrom degan nom olgan (25.3-
rasm).


236 
25.3-rasm. Polixrom turmalin (Kareliya) 
Turmalinlar uchun eng ko‘p tarqalgan rang qora bo‘lib, u mikroskop ostida 
yashil, ko‘k yoki qo‘ng‘ir ko‘rinadi. Turmalinni yaltirashi shishasimon, ulanish 
tekisligi yo‘q. Notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi 7-7,5. Solishtirma 
og‘irligi 2,9-3,25. Optik xususityalari kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib: 
Nm=1,635-1,698; 
Np=1,614-1,658; 
Nm-Np=0,02-0,042. 
Turmalin 
kuchli 
pleoxroizm xususiyatiga ega. Qizdirilganda va bosim ostida piro- va p’ezoelektrik 
xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Tekshirishlar Shuni ko‘rsatdiki, ochiq rangli 
turmalinlar oson elektrlanadi.
Turmalinlar uchun eng xarakterli diagnostik belgi bo‘lib, ko‘ndalang kesimi 
(sferik uchburchak shaklida), vertikal chiziqchalari va Yuqori darajadagi qattiqligi 
hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 6,5; 3,48; 2,59. Kislotalarda 
erimaydi. Dahandam alangasida tarkibiga bog‘liq ravishda har xil o‘zgaradi. 
Rangsiz yoki och rangli, ayniqsa, litiyga boy xillari butunlay erimaydi, lekin xira 
bo‘lib qoladi, ba’zan biroz yorilib ketadi.
Temirga boy xillari qiyinchilik bilan eriydi, temir-magniyli xillari esa 
osonlikcha erib, ichi kovak-kovak shisha hosil qiladi.
Turmalin asosan pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘ladi. U 
pegmatit va kvars tomirlarida kvars, dala shpatlari, slyudalar, kassiterit, topaz va 
flyuorit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. A.E.Fersman va P.L.Dravert turmalinni 
hosil bo‘lishiga qarab o‘zgarishini tekshirib quyidagi xulosaga keldilar: Yuqori 
temperaturali turmalinlar cho‘ziq prizmatik gabitusga, qora rangga ega bo‘lib, 
shaffof emas, past temperaturali esa qisqargan prizmalar va ochiq rangga ega 


237 
bo‘ladi. Pegmatit va kvars tomirlardagi turmalinlar asosan metasomatik yo‘l bilan 
hosil bo‘lib, tarkibida temiri ko‘p bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Turmalinning konlari Madagaskarda,sseylonda, Braziliyada, Ural tog‘larida, 
Zabaykal’eda, O‘rta Osiyoda (Turkiston tog‘lari) ma’lum.
Turmalinni O‘zbekistonda sherl, dravit, el’bait, vanadiyli va titanli xillari 
topilgan. Bular asosan Chotqol-Qurama, Sulton-Uizdog‘, Qoratepa, Hisor 
tog‘larida topilgan.
Turmalinning shaffof rangi tiniq-chiroyli xillari zargarlikda maydi bezak 
buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. P’ezoelektrlanish xususiyatiga ega bo‘lgan 
yirik 
kristallari 
radiotexnikada 
peredatchiklarning 
to‘lqin 
uzunligini 
stabillashtiruvchi plastinkalar tayyorlashda qo‘llaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling