Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Topaz – Al
2 [SiO 4 ][F,OH] 2 Nomi topilgan joyi Qizil dengizdagi «Topazos» oroli nomidan kelib chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Al 2 O 3 – 62,0-48,2%; SiO 2 – 39,0-28,2%; F – 13- 20,4%; H 2 O – 2,45% gacha. Ko‘pincha tarkibida gaz suyuqlik aralashmalari bo‘ladi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,651; b 0 =8,8040; c 0 =8,40; a 0 :b 0 :c 0 =0,528:1:0,955. Topaz yaxshi kristallangan holda uchraydigan minerallar qatoriga qiradi. Odatda u alohida kristallar va kristall gruppalari hamda donasimon, yaxlit agregatlar tarzida uchraydi. Topazni yirik kristallari ham topilgan (og‘irligi 25-32 kg keladigan kristallari ham ma’lum). Kristallarini tashqi ko‘rinishi prizmatik. Topaz odatda shaffof, rangsiz yoki och havorang, sarg‘ish, qizg‘ish ranglarda bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi {001} pinakoid bo‘yicha mukammal. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 8. Solishtirma og‘irligi 3,5 atrofida. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat: Ng=1,618-1,638; Nm=1,610- 1,631; Np=1,607-1,629; Ng-Np=0,009-0,011; 2V=65-48°. Topazni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarini tashqi qiyofasi, Yuqori darajadagi qattiqligi, hamda (001) yo‘nalish bo‘yicha ulanish tekisligini mukammalligi hisoblanadi. Rentgenogramma-dagi asosiy chiziqlari: 2,96; 1,403; 1,384. Fosfor tuzida, SiO 2 skeletini ajratib parchalanadi. Dahandam alangasida erimaydi. Sun’iy yo‘l bilan topazni HF, suv, SiO 2 ∙Al 2 O 3 hamda glinozem silikatlari aralashmasini 500°C gacha qizdirish yo‘li bilan olish mumkin. Topaz nordon intruziv jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan, engil uchuvchan ftorli birikmalardan pnevmatolit jarayonlarida yuzaga keladi. Pnevmatolit va pegmatit 241 tomirlarda topaz bilan bir assotsiatsiyada kvars, dala shpatlari, slyudalar, kassiterit, turmalin, flyuorit, berill, vol’framit, sheelit uchraydi. Topaz greyzenlarni tipik minerali hisoblanib, granit tipidagi tog‘ jinslarini pnevmatolit-gidrotermal jarayonlar ta’sirida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lgan topazlar ham ma’lum. Topazning konlari Braziliya (Minas-Jerays shtati), Zabaykal’eda (Adun-Chilon), Uralda (Alabinka, Murzinka, Il’men tog‘lari) ma’lum. Topazni yirik yaxshi qirralangan, og‘irligi 69 kg bo‘lgan kristalli Ukrainani Volin pegmatitlarida topilgan. O‘zbekistonda topaz greyzenlarni xarakterli minerali sifatida Qurama tog‘larida (Olmabuloq, Kenkol, Gava), Chotqol tog‘larida vol’fram-greyzenli Sargardon konida, Markaziy Qizilqumdagi Oqtov tog‘ida topilgan. Kam uchraydigan aksessor mineral sifatida esa G‘arbiy O‘zbekiston va Chotqolni granitoidli massivlarida topilgan. Yerni yuza qismida topaz juda barqaror bo‘lib sochilma konlarda ham uchraydi. Topaznng shaffof chiroyli rangli xillari zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Pushti, havorang, qoramtir, sariq xillari nisbatan qimmatroq hisoblanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling