Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
26.9-rasm. Epidot (Ural) 
Epidot O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kiradi.
Epidot ayrim paytlarda arzon chiroyli tosh sifatida ishlatilishi mumkin. 
Nazorat savollari: 
1. Silikatlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Granatlar necha turga bo‘linadi? 
3. Disten, andaluzit, sillimanitning bir-biridan farqi nimada? 
4. Epidotga ta’rif bering. 
27. Zanjirsimon silikatlar 
Piroksenlar gruppasi 
Berill – Be
3
Al
2
[Si
6
O
18
 
Tarkibida berilliy borligi sababli Shunday nom berilgan. Kimyoviy tarkibi: 
Be – 5,03%; Al – 10,04%; Si – 31,35%; O – 53,58%. Aralashma sifatida ko‘pincha 
Na
2
O, K
2
O, Li
2
O, Rb
2
O, Cs
2
O, H
2
O, Cr
2
O
3
, Fe
2
O
3
va boshqalar uchraydi. 


258 
Kimyoviy tarkibiga asoslanib quyidagi xillarga ajratiladi: litiyli berill, natriyli 
berill,sseziyli berill (vorob’evit), xromli berill (zumrad).
Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi digeksagonal – dipiramidal – 
L
6
6L
2
7PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=9,21, c
0
=9,17, a
0
:c
0
=1:0,996.
Berillning kristallari, ko‘pincha, aniq tuzilgan, ustunsimon yoki prizmatik 
qiyofaga ega. Agregatlari odatda jins orasida xol-xol bo‘lib alohida-alohida 
joylashgan, ba’zan druza holida yonma-yon o‘sgan kristallar shaklida uchraydi. 
Ba’zan nayzasimon agregatlardan iborat yaxlit massalari ham uchraydi.
Berill ko‘pincha shaffof, ochiq ranglarga bo‘yalgan bo‘lib, ba’zan rangsiz 
ham bo‘ladi. Odatda u sarg‘ish yoki yashilroq tusdagi oq, har xil tusdagi yashil 
xillari ham uchraydi. Ba’zan qoramtir sariq va och pushti rangli bo‘lib ham 
uchraydi. Berill rangiga ko‘ra quyidagi xillarga ajratiladi:
1. Zumrad – yoqimli tuyuladigan och yashil xili (27.1-rasm), qimmatbaho 
tosh hisoblanadi. Rangi tarkibidagi xrom aralashmasi bilan bog‘liq.
2. Akvamarin – tiniq ko‘kimtir-havorang shaffof xili (Nomi lotincha «akva» 
- suv, «marinus» - dengiz so‘zlaridan kelib chiqqan).
3. Vorob’evit – och pushti yoki rangsiz, qisqa prizmatik, ko‘pincha 
tabletkasimon, tarkibidasseziy bo‘lgan xili (Rus mineralogi V.M.Vorob’ev 
sharafiga shunday nom bilan atalgan).

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling