Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
26.8-rasm. Titanit egirin bilan. Gidrotermal jarayonlarda Al’p tipidagi tomirlarda sfen bilan birgalikda adulyar, al’bit, asbestsimon aktinolit uchraydi. Sfen asosan ishqorli tog‘ jinslari bilan bog‘liq. Uning konlari Uralda (Vishneviy, Il’men, Shishimsk, Nazyamsk tog‘lari), Shveysariyada (Sen-Gotard, Binnental’,ssermatt), Italiyada (P’emont, Sen-Marchel) ma’lum. Sfen O‘zbekistonda Chotqol-Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston konlarida uchraydi. Sfen yerni yuza qismida barqaror bo‘lmay kal’sit va titan oksidiga aylanadi. Titan oksidi olish uchun xizmat qiladi. Soizit – Ca 2 Al 3 (OH)O[SiO 4 ][Si 2 O 7 ] Nomi minerallar yig‘uvchissoiza nomi bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi ba’zan Al 2 O 3 , Fe 3 O 3 bilan (2-5% gacha) almashishi mumkin.ssoizitni xillari: 1) α –ssoizit, kulrang-oq xili. Temirni yo‘qligi yoki kamligi bilan xarakterlanadi. 2) β –ssoizit oq yoki sariq xili, tarkibida 5% gacha Fe 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Sossyurit deb, dala shpatlarini o‘zgarishidan hosil bo‘lganssoizit, dala shpatlari, aktinolit, xlorit va boshqa minerallar aralashmasidan tuzilgan agregatlariga aytiladi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi a 0 =16,24; b 0 =5,58; c 0 =10,10; a 0 :b 0 :c 0 =2,879:1:1,791. 254 Soizit donasimon va nayzasimon agregatlar hosil qiladi. Kristallari uchinchi o‘q bo‘yicha cho‘zilgan prizmatik qiyofaga ega. Asosiy formalari pinakoid, prizma va dipiramida. Soizitni rangi kulrang, yashil, pushti-qizil. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal, (100) bo‘yicha mukammal emas. Sinishi tekismas. Qattiqligi, solishtirma og‘irligi va optik xususiyatlari 26.3-jadvalda berilgan. ssoizitni hosil bo‘lishi epidotniki kabi. Konlari Uralda, Oltoyda va boshqa joylarda ma’lum.ssoizit O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi, lekin yirik uyumlari juda kam. Ortit – (Ca,Ce) 2 (Al,Fe) 3 (O,OH)O[SiO 4 ][Si 2 O 7 ] Nomi grekcha «ortos» - to‘g‘ri degan so‘zdan kelib chiqqan (tashqi formalari to‘g‘ri tuzilishga ega). Sinonimi – allanit (Shotlandiya mineralogi T.Allan sharafiga shunday nom bilan atalgan). Kimyoviy tarkibi 26.3-jadvalda berilgan. Ba’zan Na 2 O, FeO ayrim hollarda MgO, MnO, ThO 2 , BeO hamda Y 2 O 3 (Y 2 O 3 8% atrofida bo‘lgan xili ittroortit deyiladi) bo‘lishi mumkin. 26.3-jadval Epidot gruppasi minerallarini kimyoviy tarkibi va xususiyatlari Mineral Kimyoviy tarkibi (% hisobida) Q at ti ql ig i Soli sht ir m a og‘ ir li gi Kimyoviy tarkibi (% hisobida) C aO Al 2 O SiO 2 H 2 O Fe 2 O 3 C e 2 O 3 La 2 O 3 Ng Nm Np Ng- Np 2V Epidot 23,5 24,1 37,9 1,9 12,6 - - 6,5 3,35- 3,38 1,74- 1,78 1,73- 1,77 1,72- 1,73 0,018 - 0,051 68- 80° Soizit 24,6 33,9 39,5 2,0 2-5 - - 6 3,25- 3,36 1,702 - 1,706 1,696- 1,702 1,696 - 1,700 0,005 - 0,009 30° atro- fida Ortit 10-12 14-18 30-32 - 4-8 6- 10 7 gac ha 6 4,1 1,65- 1,80 1,65- 1,78 1,68- 1,77 0,01- 0,02 katta 255 Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Ortit donasimon agregatlar va xol-xol donalar shaklida uchraydi. Kristallari tabletkasimon qiyofaga ega. Asosiy formalari pinakoid va prizmalar. Ortitni rangi qo‘ng‘ir va smolasimon – qora. Yaltirashi shishasimon, smolasimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi chig‘anoqsimonga yaqin. Mo‘rt. Radioaktiv. Qattiqligi, solishtirma og‘irligi va optik xususiyatlari 26.3-jadvalda berilgan. Ortitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib qora rangi va smolasimon yaltirashi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,57; 2,94; 2,74. HCl da erib, SiO 2 elimshak moddasi ajralib chiqadi. Dahandam alangasida shishadi va oson erib qo‘ng‘ir va qora shisha ko‘piqlarini hosil qiladi. Ortit asosan pegmatit jarayonlarda uchraydi, lekin nordon magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq magmatik mineral sifatida ham uchraydi. Ortit kvars, dala shpatlari,ssirkon, sfen, uran smolasi bilan birgalikda uchraydi. U granitlarda, sienitlarda, nefelinli sienitlarda ma’lum, Norvegiya va Shvetsiyani ko‘pgina pegmatitlarida ham uchraydi. Ortit O‘zbekistonda ancha ko‘p geologlar tomonidan kuzatilib, yaxshi o‘zlashtirilgan minerallar qatoriga kiradi. Ortit siyrak er elementlari va toriy olish manbai hisoblanadi. Epidot – Ca 2 (Al,Fe) 3 (OH)O[SiO 4 ][Si 2 O 7 ] Mineral nomi grekcha «epidosis» - kengaygan degan so‘zdan olingan (Rene Jyust Gayui Shunday nom bilan atadi. Mineralni ko‘ndalang kesimi yuzasi parallelogramm bo‘lganligi uchun boshqa prizmatik minerallarni kristallaridan ko‘ndalang kesimi bilan farq qiladi. Ularda ko‘ndalang kesimi yuzasi romb bo‘ladi). Epidotni quyidagi xillari ma’lum: 1. Klinotsoizit – rangsiz, temiri kam bo‘lgan xili (Fe 2 O 3 5 dan 10% gacha bo‘ladi). Klinotsoizit kuchsiz ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi (Ng-Np=0,010) va boshqa oddiy epidotdan farqli ravishda optik musbat bo‘ladi. 2. P’emontit – chizig‘ini rangi olchasimon qizil bo‘lgan qizg‘ish qora epidot. Alyuminiyni ko‘p qismi marganets 256 va temir bilan almashgan. 3. Pushkinit – tarkibida ishqorlar (Na 2 O va Li 2 O) bo‘lgan epidot. Epidotni kimyoviy tarkibi 26.3-jadvalda berilgan. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =8,94; b 0 =5,61; c 0 =10,23; β=115°; a 0 :b 0 :c 0 =1,594:1:1,824. Epidot ko‘p oddiy formalardan tuzilgan va mukammal kombinatsiyaga ega bo‘lgan, yaxshi hosil bo‘lgan kristallar tarzida uchraydi. Epidot kristallari odatda ikkinchi o‘q bo‘yicha cho‘zilgan bo‘ladi. Pinakoid va prizmalar kombinatsiyasi ko‘proq kuzatiladi. Qo‘shaloq kristallari tez-tez uchrab turadi. Kristall druzalaridan tashqari epidot nayzasimon, donasimon va yaxlit agregatlar hosil qiladi. Epidotni rangi to‘q yashil, kulrang-yashil yoki o‘tdek yashil bo‘ladi. Ayrim xillari qora va qizg‘ish binafsha ranglarda bo‘ladi. Yaltirashi kuchli shishasimon. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha mukammal, (100) bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi, solishtirma og‘irligi va optik xususiyatlari 26.3-jadvalda berilgan. Epidotni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib rangi va kristallar qiyofasi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,90; 2,40; 1,64. HCl da qizdirgandan so‘ng eriydi. Dahandam alangasida shishadi va eriydi. Temirga boy xillari magnit shlaki beradi. Epidot ohakli cho‘kindi va kal’siyga boy intruziv jinslar metamorfizmini tipik mahsuloti hisoblanadi. U kontakt zonalar uchun xarakterli bo‘lib (asosan skarnlar), kal’siyli silikatlarni gidrotermal o‘zgarishi bilan bog‘liq. Metamorfik jarayonlarda epidot, asosan dala shpatlarini gidrotermal o‘zgarishidan yuzaga keladi. Bu jarayon tog‘ jinslarini yashillanishi bilan davom etadi va Shuning uchun metamorfiklashgan tog‘ jinslari yashil toshlar degan nom olib, ayrim paytlarda jarayonni o‘zi yashil toshlarni qaytadan paydo bo‘lishi deyiladi. Kontakt zonalarda epidot gidrotermal jarayonni oxirgi bosqichlarida granatlar, vezuvian, skapolit, prenit va boshqa minerallar hisobiga yuzaga keladi. Hisoblashlaricha bu holda epidotizatsiya ikki etapda davom etadi: avval birlamchi minerallarda psevdomorfozalar hosil bo‘ladi (ko‘pincha granatlar bo‘yicha), so‘ngra qaytadan kristallanish sodir bo‘ladi. 257 Epidotni kimyoviy tarkibi, hosil bo‘lgan birlamchi minerallar kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Epidot konlari juda ko‘p. Epidotni yaxshi hosil bo‘lgan kristallari Uralni Al’p tipidagi tomirlarida ko‘p kuzatilgan (26.9-rasm). Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling