Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26.2-rasm.
Granatlar gruppasi
Bu gruppaga ko‘pgina minerallar kirib, ularning umumiy formulasi quyidagicha ifodalanadi: A 3 +2B 2 +3[SiO 4 ] 3 . Bunda A+2=Mg+2, Fe+2, Mn+2, Ca+2 va B+3=Al+3, Fe+3, Cr+3, Mn+3. Bu gruppani nomi lotincha «granatus» - donga o‘xshash degan so‘zdan kelib chiqqan (avval topilganlari anor doniga o‘xshash rangli bo‘lgani uchun Shunday nom berilgan). Bu gruppa minerallari orasida ikki izomorf qatorga taaluqli bo‘lganlari ko‘p tarqalgan. Al’mandin qatori – (Mg,Fe,Mn) 3 Al 2 [SiO 4 ] 3 Pirop – Mg 3 Al 2 [SiO 4 ] 3 Al’mandin – Fe 3 Al 2 [SiO 4 ] 3 Spessartin – Mn 3 Al 2 [SiO 4 ] 3 Andradit qatori – Ca 3 (Al,Fe,Cr) 2 [SiO 4 ] 3 Grossulyar – Ca 3 Al 2 [SiO 4 ] 3 Andradit - Ca 3 Fe 2 [SiO 4 ] 3 Uvarovit – Ca 3 Cr 2 [SiO 4 ] 3 Bu minerallarning nomlari turlicha kelib chiqqan. Pirop – grekcha «piropos» - olovga o‘xshash degan so‘zdan kelib chiqqan, uning to‘q qizil rangiga qarab Shunday nom berilgan. Al’mandin – Kichik Osiyodagi Alabanda degan joyning buzib talaffuz etilgan nomi bo‘lib, bu erda qadimgi zamonlarda tosh yo‘nilar edi. Spessartin – Bavariyadagi Spessart konining nomiga qo‘yilgan. Grossulyar – krijovnik o‘simligining lotincha nomiga qarab qo‘yilgan, rangi shu o‘simlik rangiga o‘xshash (26.2-rasm). 246 26.2-rasm. Grossulyar kristallari 26.3-rasm. Uvarovit Andradit – birinchi marta shu mineralni ta’riflagan Portugaliya mineralogi d’Andrada nomi bilan atalgan. 247 Uvarovit – ministr Uvarov sharafiga atalgan. Birinchi marta Uralda topilgan (26.3-rasm). Andraditni shaffof yashil xili demantoid, andraditni titanga boy xili shorlomit deyiladi. Grossulyarningsseylondan topilgan jigarrang xili essonit (gessonit) deyiladi. Granatlar gruppasi minerallarini kimyoviy tarkibi 26.2-jadvalda ko‘rsatilgan. Aralashma sifatida K 2 O, Na 2 O, P 2 O5, V 2 O 5 , ZrO 2 , BeO bo‘lishi mumkin. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. 26.2-jadval Granatlar gruppasi minerallarini kimyoviy tarkibi va asosiy xususiyatlari Mineral Kimyoviy tarkibi (% miqdorda) E leme n tl ar y ac h ey k a p aram et rl ar i (a 0 ) So li sh ti rma o g‘ irl ig i Si n d iri sh k o‘ rs at k ic h i MgO FeO MnO CaO Al 2 O 3 Fe 2 O 3 Cr 2 O 3 SiO 2 Grossulyar - - - 37,8 22,7 - - 40,0 11,84 3,53 1,735 Andradit - - - 33,0 - 31,5 - 35,5 12,04 3,75 1,895 Uvarovit - - - 33,5 - - 30,6 35,9 12,05 3,52 1,870 Pirop 29,8 - - - 25,4 - - 44,8 11,44 3,51 1,705 Almandin - 43,3 - - 20,5 - - 36,2 11,49 4,25 1,830 Spessarit - - 43,0 - 20,6 - - 36,4 11,59 4,18 1,800 Yaxshi qirralangan kristallar holida topilishi granatlar uchun xarakterlidir (26.4-rasm). Granat kristallari juda ko‘p uchrab, ayrim paytlarda yirik o‘lchamlarga ega bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling