Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Olivin – (Mg, Fe)
2
SiO
4
  
Uning ko‘kimtir sariq rangiga qarab bu mineralga Shunday nom berilgan. 
Sinonimlari xrizolit, peridot. 
Kimyoviy tarkibi: bu birikma izomorf aralashmalardan iborat bo‘lib, 
quyidagi minerallardan iborat: forsterit – Mg
2
SiO
4
], olivin – (Mg,Fe)
2
[SiO
4
], 


239 
gortonolit – (Fe,Mg)
2
[SiO
4
], fayalit – Fe
2
[SiO
4
]. Forsterit Forster sharafiga 
Shunday nom bilan atalgan. Gortonolit Gorton sharafiga Shunday nom bilan 
atalgan. Fayalit topilgan orol Fayal nomiga qo‘yilgan. Olivinni kimyoviy tarkibi: 
MgO – 50-45%; FeO – 5-20%; SiO2 – 36-43%; MnO – 0-2%. Aralashma sifatida 
NiO va CaO bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi – rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=4,752; b
0
=10,22; c
0
=5,980; a
0
:b
0
:c
0
=0,465:1:0,585.
Olivin donador agregatlar hosil qiladi, kristallari juda kam uchraydi. 
Kristallari qisqa ustunsimon qiyofaga ega.
Olivinni rangi qoramtir sariqdan yashilgacha. Yaltirashi shishasimon. 
Qattiqligi 6,5-7. Mo‘rt. Ulanish tekisligi mukammal emas. Solishtirma og‘irligi – 
3,3-3,5 (Tarkibida FeO ko‘payishi bilan ortib boradi). Optik konstantalari: 
Ng=1,68; Nm=1,66; Np=1,64; Ng-Np=0,04; 2v=84°. Mikroskop ostida o‘tgan 
yorug‘lik nurida rangsiz oq.
Olivin gruppasi minerallari uchun diagnostik belgi bo‘lib rangi va 
shishasimon yaltirashi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 
2,466; 1,744; 1,037 (olivin uchun), 2,497; 2,441; 1,741 (forsterit uchun); 3,707; 
2,850; 1,755 (fayalit uchun). Forsterit va olivin HCl da deyarli erimaydi
konsentrlangan H
2
SO
4
da erib SiO
2
geli ajralib chiqadi. Dahandam alangasida 
forsterit va olivin erimaydi, bulardan farqli ravishda fayalit erib qora magnit 
shishasi hosil bo‘ladi.
Olivin tipik magmatik mineral hisoblanadi. Asos va o‘ta asos tog‘ jinslarini 
kristallanishidan hosil bo‘ladi. Olivinni yirik uyumlari Ural tog‘ini sharqiy qismida 
ma’lum, u erda olivin bilan bir assotsiatsiyada xromit, piroksen, sof tug‘ma platina 
va boshqa minerallar uchraydi. Ba’zan olivin pnevmatolit jarayonlar kontaktida 
ham uchraydi. O‘zbekistonda olivin jins tashkil qiluvchi mineral sifatida asos va 
o‘ta asos tog‘ jinslarida Chotqol-Qurama tog‘larida, Qizilqumda, Janubiy 
Farg‘onada kuzatilgan.


240 
Gidrotermal eritmalar ta’sirida olivin gruppasi minerallari serpentin – 
Mg
6
[Si
4
O
10
][OH]
8
va tal’k – Mg
3
[Si
4
O
10
][OH]
2
ga aylanadi. Yerni yuza qismida 
temir va marganets gidrooksidlari, markazitga aylanadi.
Olivinni temiri kam xillari o‘tga chidamli forsterit g‘ishtlari tayyorlashda 
ishlatiladi. Xrizolit qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling