Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
Nazorat savollari: 
 
1. Aksinit va dyumort’eritga ta’rif bering. 
2. Turmalinning turlari. 
3. Boratsit va gidroboratsitning amaliy ahamiyati. 
 
26. Orolsimon silikatlar 
Sirkon – ZrSiO
4
  
Nomi forscha «sar» - zar, oltin, «gun» - rang degan so‘zlardan kelib chiqqan. 
Sinonimi – giatsint.ssirkonni quyidagi xillari ma’lum:
Giatsint – qizil, qo‘ng‘ir-qizil shaffofssirkonlar;
Malakon –ssirkonni tarkibida 1% dan ortiq suv bo‘lgan xili;
Sirtolit –ssirkon oksidi va kremniy oksididan tashkil topgan,ssirkonni 
parchalangan xili.
Kimyoviy tarkibi: Zr – 49,8%; Si – 15,3%; O – 34,9%. Aralashma sifatida 
gafniy (ba’zan 4% gacha), siyrak er elementlari, titan hamda uran va toriy bo‘lishi 
mumkin.
Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi – ditetragonal-dipiramidal – 
L
4
4L
2
5PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=6,59; c
0
=5,94; a
0
:c
0
=1:0,901.


238 
Sirkon yaxshi kristallangan minerallar qatoriga kiradi. Odatda uning 
uchraydigan kristallari yirik o‘lchamlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Kristallar 
qiyofasi ustunsimon, qisqa ustunsimon, ba’zan izometrik bo‘lishi mumkin.
Sirkonni rangi sariq, qo‘ng‘ir ko‘pincha kulrang, pushti, qizil bo‘ladi. 
Yaltirashi olmossimon, ba’zan yog‘langandek. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha 
o‘rtacha. Qattiqligi 7-8. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 4,68-4,70. Optik xususiyatlari: 
bir o‘qli, musbat. Ng=1,968-2,015; Nm=1,923-1,960. Ko‘pincha radioaktiv.
Sirkonni aniqlashda xarakterli belgi bo‘lib rangi va kristallar qiyofasi 
hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,29; 2,52; 1,71. Kislotalarda 
erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi.
Sirkon magmatik va pegmatit jarayonlarda hosil bo‘ladi. Magmatik tog‘ 
jinslarda aksessor mineral sifatida, ishqorli magma bilan bog‘liq bo‘lgan jinslarda 
uchraydi. Ko‘pinchassirkon ishqorli pegmatit tog‘ jinslarida uchraydi.ssirkon bilan 
bir assotsiatsiyada dala shpatlari, korund, nefelin, piroxlor, apatit ba’zan skapolit 
va sfen uchraydi.
Sirkonni yirik konlari Janubiy Norvegiyada (Gitere, Kragere, Telemarken), 
Braziliyada, Amerikada (Florida shtati),sseylon va Madagaskar orollarida ma’lum. 
Madagaskardassirkon sochilma konlarda monatsit bilan birga uchraydi. Yerni yuza 
qismidassirkon barqaror bo‘lib, sochilmalarda oltin, kassiterit, il’menit, monatsit 
bilan birga uchraydi.
O‘zbekistonda ssirkon G‘arbiy O‘zbekistonni granitoidli massivlarida 
aksessor mineral sifatida, Chotqol-Qurama tog‘larida uchraydi.
Yuqori darajada o‘tga va kislotaga chidamli bo‘lganssirkoniy oksidi olish 
uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqarissirkon gafniy olish uchun 
birdan-bir manba hisoblanadi. Shaffof chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling