Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Dyumort’erit – (Al,Fe)
7
O
3
[BO
3
][SiO
4
]
3
  
Dyumort’e sharafiga Shunday nom bilan atalgan.
Kimyoviy tarkibi: Al – 33,02%; B – 1,89%; Si – 14,73%; O – 50,36%.
Singoniyasi rombik.
Ignasimon, tolasimon agregatlar, druzalar, o‘simtalar, donasimon va yaxlit 
massalar holida uchraydi, ba’zan mayda qo‘shaloq prizmatik kristallar tarzida ham 
uchraydi.
Dyumort’eritni rangi ko‘k, kulrang-havorang, och pushti va qoramtir 
bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Qattiqligi 7. Solishtirma og‘irligi 3,3. Kislotalarda 
erimaydi. Optik xususiyatlari: Ng=1,690; Nm=1,686; Np=1,671; Ng-Np=0,019; 
2v=38-40°. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 5,859; 2,087; 1,334; 1,296.
Nordon magmani oxirgi bosqichida kristallanishidan yuzaga keladi. 
Pegmatitlarda, gidrotermal tomirlarda, kontakt-metasomatik konlarda, ba’zan 
gneyslarda ham uchraydi. Dyumort’erit bilan bir assotsiatsiyada seritsit, turmalin
diaspor, korund, andaluzit uchraydi. Konlari Amerikani Arizona va Nevada 
shtatlarida topilgan. O‘zbekistonda Karjantovdagi alunit-diaspor (Oqtosh) konida, 
Shimoliy Farg‘onadagi Gava qishlog‘i yaqinida, Olmaliqda topilgan.
Dyumort’eritni chiroyli xillari yo‘nilgan tosh sifatida ishlatiladi. Oddiy 
xillari Yuqori sifatli o‘tga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Turmalin – NaMg
6
[B
3
Al
3
Si
6
O
25
(OH)
5
 
Nomi singalezcha «turmali» degan so‘zdan kelib chiqqan. Bu mineral 
Shunday nom bilan qimmatbaho toshlar bilan birgalikdasseylondan Evropaga 
keltirilar edi.
Tarkibi juda o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun taxminiy miqdorlarini 
keltiramiz: Na=2,39%; Mg=15,18% B=3,37%; Al=8,42%; Si=17,54%; O=49,95%; 
H=3,15%. Bulardan tashqari FeO+Fe
2
O
3
(38% gacha), CaO (4% gacha), K
2
O, 


234 
Li
2
O, MnO, Cr
2
O
3
hamda F va Cl ishtirok etishi mumkin. Kimyoviy tarkibi 
jihatdan turmalin ikki izomorf qatorga bo‘linadi: magnezial-temirli va litiy-temir-
marganetsli. Magnezial-temirli turmalinlarga magnezial turmalin yoki dravit va 
temirli turmalin yoki sherlit kiradi. Ikkinchi izomorf qatorga temirli sherlitdan 
tashqari, litiyli turmalin-el’bait va marganetsli turmalin-tsilaizit kiradi. Turmalin 
quyidagi xillarga ajratiladi: 1) Sherl – qora, ko‘mirga o‘xshash temirli va temir-
magnezial turmalinlar; 2) dravit - qo‘ng‘ir magnezial turmalinlar; 3)rubellit yoki 
malina rangli sherl - turmalinni pushti litiyli xili; 4) indigolit – turmalinni temir-
magnezial-ishqorli ko‘k xili; 5) xrom turmalin – yashil xromga boy xili; 6) axroit – 
rangsiz ishqorli turmalin; 7) verdelit – yashil litiy-temirli turmalin.
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi – ditrigonal piramidal – L
3
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=15,8-16,0; c
0
=7,1-7,2; a
0
:c
0
=1:~0,449.
Turmalin kristallari, odatda, uchinchi darajali simmetriya o‘qi bo‘yicha 
cho‘ziq, ustunsimon qiyofaga ega bo‘ladi. Kalta prizmatik kristallari kam uchraydi. 
Ko‘pincha kristallari yirik emas, mikroskopik mayda bo‘lib, ba’zan bo‘yi 20 sm va 
undan ortiq bo‘lgan ko‘ndalangiga bir necha santimetr keladigan yirik kristallari 
ham uchraydi. Kristall yonlarining turmalin uchun juda ham xarakterli bo‘lgan tik 
chiziqlar bilan qoplanganligini va ko‘ndalang kesimini sferik uchburchaklik 
shaklida bo‘lishini, deyarli, doimo ko‘rish mumkinki, bu esa prizmatik poyasining 
juda ko‘p qirralari murakkablanishi bilan bog‘liqdir. Agregatlari ko‘pincha 
nayzasimon, radial shu’la kabi joylashgan (turmalin quyoshi deb aytiladigan 
shaklda) (25.1, 25.2-rasm) chalkashib yotgan ignachalar yoki tolalar holida 
uchraydi. Yaxlit donador, ba’zan yashirin kristallangan massalar holida ham 
uchraydi.


235 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling