Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Gidroboratsit – CaMg[B
6 O 11 ]·6H 2 O Mineralning nomi akademik G.I.Gess ni taklifiga binoan tarkibiga bog‘liq ravishda qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: Ca – 11,99%; Mg – 7,27%; B – 19,41%; O – 57,45%; H – 3,88%. Juda oz miqdorda aralashma sifatida ishqorlar bo‘lishi mumkin. Singoniyasi monoklin – L 2 PC. Gidroboratsit uchun agregatlarining nursimon-qavatlar, chalkashgan va parallel tolalar holida bo‘lishi xarakterlidir. Ba’zan juda chiroyli sferolit, yulduzga o‘xshash va druza holida topiladi. Gidroboratsit kristallari ignasimon va tolasimon qiyofaga ega. Gidroboratsitning rangi rangsiz yoki oq ba’zan pushti, qizil va kulrang bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 2. Solishtirma og‘irligi 2,167. Optik xususiyatalri: Ng=1,571; Nm=1,534; Np=1,522; Ng-Np=0,049; 2v=66°. Gidroboratsit uchun diagnostik belgi bo‘lib kimyoviy va optik xususiyatlari hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,438; 2,210; 1,908. Kislotalarda eriydi. Suvda qizdirganda biroz eriydi. Dahandam alangasida oson erib, shaffof shishaga aylanadi. Tarkibidagi suv qizdirganda 200°C dan 325°C oralig‘ida chiqib ketadi. 231 Hosil bo‘lishi jihatidan gidroboratsit dengizlarni kimyoviy cho‘kindisi hisoblanadi. Metasomatik jarayonlarda tuz qatlamlarini ustki qismini gips-gilli qatlamlar bilan egallanishi natijasida ham yuzaga keladi. Ular bilan bir assotsiatsiyada gips, angidrit, kolemanit, boronatrokal’sit, gillar va boshqa minerallar uchraydi. Yirik konlaridan Germaniyadagi Stassfurt va Kaliforniyadagi konlari ma’lum. O‘zbekistonda gidroboratsit Yuqori yura davrini tuzli yotqiziqlarida Tyubegatan konida topilgan. Bor birikmalari olish uchun asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling