Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
24.1-rasm. Fosforit konkretsiyasi
 


226 
Diagnostik belgilari. Apatit kristallarining prizmatik qiyofada bo‘lishi 
xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,798; 2,702; 1,838 
(ftorapatit uchun). Kislotalarda eriydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan 
eriydi. O‘ziga o‘xshash berill va akvamarindan qattiqligi kamligi bilan farq qiladi. 
Apatit har xil genetik sharoitlarda yuzaga keladi. Asosiy konlari magmatik 
jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, asosan intruziv tog‘ jinslarida uchraydi (ko‘proq 
sienitlarda). Ishqorli tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan apatit ko‘proq qiziqishga 
sabab bo‘lib, bu tog‘ jinslarida, Kola yarim orolida dunyodagi eng katta Xibin koni 
topilgan. O‘zbekistonda aksessor mineral sifatida apatit Chotqol tog‘larida, Oq 
tepadagi gabbroli massivlarda topilgan. Pegmatit tomirlardagi apatit Markaziy 
Qizilqumdagi Oltintov tog‘larida, Qoratepa tog‘larida, Lolabuloq – Ketmonchi, 
Sulton – Uizdog‘da topilgan. Apatit greyzen tomirlarida Sargardon va Sariko‘lda 
topilgan, apatit skarnlarda Qoramozor va Chokadambuloqda topilgan. Gidrotermal 
apatit Qurama tog‘larida ruda yaqinidagi kvars – seritsitli metasomatitlarda tez-tez 
uchrab turadi.
Gipergen sharoitda yuzaga kelgan apatit Qizilqumdagi Kokpotas va 
Jargantou oltin konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Pskem tog‘laridagi 
fosforit konkretsiyalari konsentrik zonal tuzilishiga ega. Apatit va fosforitning eng 
asosiy qo‘llaniladigan joyi sun’iy o‘g‘itlar (superfosfat) tayyorlashdir. Ximiya 
sanoatida apatitdan fosfor kislotasi va har xil tuzlar, Shuningdek gugurt sanoatida 
ishlatiladigan fosfor olinadi. 
Vivianit – Fe

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling