Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vul’fenit – Pb[MoO 4 ]
23.1-rasm. Piroksenli skarndagi sheelit O‘zbekistonda sheelitni yirik uyumlari G‘arbiy O‘zbekistonda (Langar, Qo‘ytosh, Ugat, Ingichka, Qoratepa, Yaxton va boshqalar), ozroq miqdorda esa ko‘pgina konlarda (Tim, Rabinjon, Qizqo‘rg‘on, Sharshar, Changalli, Oqboyjuma, 223 Oqqo‘rg‘on, Kamangaran) topilgan. Sochilgan holda esa sheelit Chotqol va Qurama tog‘larini ko‘pgina joylarida uchraydi. Yerning yuza qismida sheelit unchalik barqaror bo‘lmay tungstitga aylanadi. Sheelitni sochilma konlari ham ma’lum. Sheelit asosiy vol’fram olinadigan manbalardan biridir. Vul’fenit – Pb[MoO 4 ] Avstriyalik mineralog Frans Vul’fen (1728-1805) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi – sariq qo‘rg‘oshin rudasi. Kimyoviy tarkibi: Pb – 56,44%; Mo – 26,13%; O – 17,43%. Aralashma sifatida CaO, CuO, MgO, WO 3 hamda Cr 2 O 3 va V 2 O 5 bo‘lishi mumkin. Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal-piramidal – L 4 . Fazoviy gruppasi: a 0 =5,41; c 0 =12,08; a 0 :c 0 =1:2,233. Vul’fenit odatda yakka kristallar, druzalar va qobiq shaklida uchraydi. Kristallarini qiyofasi odatda tabletkasimon, ba’zan dipiramidal. Vul’fenitni rangi mumdek va asaldek sariqdan qo‘ng‘ir sariqqacha, ba’zan kulrang, sarg‘ish-yashil, juda kam hollarda rangsiz xillari ham uchraydi. Chizig‘i rangsiz yoki juda och rangli. Yaltirashi olmossimon, singan joylarida yog‘langandek. Ulanish tekisligi (111) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 3. Solishtirma og‘irligi 6,3-7,0. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy. Nm – 2,40; Np – 2,28; Nm-Np=0,12. Vul’fenitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib rangi, tabletkasimon qiyofasi, olmossimon, yaltirashi va solishtirma og‘irligini Yuqoriligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,17; 2,00; 1,77. H 2 SO 4 va ishqorlarda eriydi. Dahandam alangasida eriydi. Fosforli tuzlar bilan oksidlanish alangasida sarg‘ish-yashil, qaytaruvchi alangada esa qoramtir – yashil shisha beradi. Vul’fenit ko‘rg‘oshin konlarining oksidlanish zonasida yuzaga keladi. Bu erda u galenit,sserrusit, piromorfit, vanadinit, kalamin va boshqa ikkilamchi minerallar bilan bir assotsiatsiyada keladi. Vul’fenit kal’sit,sserussit, piromorfit va mimetezit o‘rnida psevdomorfozalar hosil qiladi. Vul’fenit o‘rnida kvars 224 psevdomorfozalari ma’lum. Vul’fenit Amerikada (Arizonani qo‘rg‘oshin konlarida), Avstriyada (Karintin) Chexoslovakiyada (Prshibram koni) topilgan. Vul’fenit O‘zbekiston oltin va polimetall konlarining oksidlanish zonasida juda ko‘p uchraydi. Bu mineral ancha ko‘p miqdorda boshqa ikkilamchi qo‘rg‘oshin minerallari bilan topilganda, qo‘rg‘oshin bilan molibden olish uchun xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling