Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Kizerit – MgSO
4 ·H 2 O Germaniyadagi Ien akademiyasi prezidenti D. Kizer nomiga qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: Mg – 17,57%; S – 23,17%; O – 57,80%; H – 1,46%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =6,89; b 0 =7,69; c 0 =7,65; a 0 :b 0 :c 0 =0,896:1:0,995; β=116°05´. Kizerit odatda yaxlit donador massalar holida uchraydi. Kristallari juda kam uchraydi. Kizerit rangsiz, kulrang-oq yoki sarg‘ish bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (110) va (111) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 3,5. Mo‘rt. 218 Solishtirma og‘irligi 2,57. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat. Ng=1,584; Nm=1,533; Np=1,520; Ng-Np=0,064; 2v=55°. Kizeritni poroshokka o‘xshatib juda maydalab suvga aralashtirilsa kuydirilgan gipsga o‘xshab qotadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,82; 3,38; 2,55. Suvda juda sekin eriydi. Dahandam alangasida yorilib ketadi va osonlik bilan eriydi. O‘ziga o‘xshash minerallardan optik xususiyatlari va kimyoviy tarkibiga qarab ajratish mumkin. Kizerit cho‘kindi yo‘l bilan murakkab tarkibli suvli eritmalardan 18°C dan Yuqori temperaturada, kristallizatsiyani oxirgi bosqichlarida, kam suvli sharoitlarda hosil bo‘ladi. Boshqa sharoitlarda esa, Yuqori temperaturalarda kizeritga aylanuvchi geksagidrit va epsomit hosil bo‘ladi. Kizerit tarkibidagi suvni 200°C da yo‘qotadi. Kizerit bilan bir assotsiatsiyada gips, angidrit, galit, poligalit, epsomit va tuzli qatlamlarni boshqa minerallari uchraydi. Nam iqlimli sharoitlarda kizerit suvni o‘ziga biriktirib, xiralashadi va epsomitga aylanadi. Germaniyadagi Stasfurt konida qatlamlarni qalinligi 40m ga kizerit miqdori 30% ga etadi. O‘zbekistonda kizerit Shorsu, Odamtosh konlarida uchragan. Kizerit to‘kimachilik, qog‘oz, qand-shakar, ximiya, farmatsevtika va boshqa sohalarda ishlatiladigan, magniy va achchiq tosh (epsomit) olishda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling