Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Sheelit – CaWO
4 Sheelitda vol’fram oksidi borligini aniqlagan shvetsiyalik ximik Kara Sheele nomiga qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: Ca – 13,92%; W – 63,85%; O – 22,23%. Aralashma sifatida MoO 3 (10% gacha), hamda CuO (7% gacha), ba’zan siyrak er elementlari uchraydi. Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal-dipiramidal – L 4 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,25; c 0 =11,40; a 0 :c 0 =1:2,171. Sheelit xol-xol donador, druzalar va alohida kristallar tarzida uchraydi. Kristullari qiyofasi dipiramidal. Ayrim paytlarda tabletkasimon qiyofada ham uchrashi mumkin. Qo‘shaloq o‘sishgan kristallari ham uchraydi. Ba’zan vol’framit bilan sheelitni parallel o‘sishgan agregatlari ham uchraydi. Sheelit rangi oq va sarg‘ish oq, ba’zan qo‘ng‘ir-yashil va hattoki qizil ham bo‘lishi mumkin. Chizig‘ini rangi oq. Yaltirashi yog‘langandek va olmosdek. Qattiqligi 4,5. Mo‘rt. Ulanish tekisligi (111) bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 5,8-6,2. Optik xususiyatlari bir o‘qli musbat: Ng=1,937; Nm=1,920; Ng- Nm=0,017. Ul’trabinafsha nurlarida, o‘tkir havo rang nur sochadi. 222 Sheelitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib solishtirma og‘irligini yuqoriligi va katod nurlari ta’sirida o‘tkir havo rang nur chiqarishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,15; 1,952; 1,590. HCl va HNO 3 da ammiakda eruvchi vol’fram suvli oksidini sariq kukunini hosil qilib eriydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan yarim shaffof shishaga aylanib eriydi. Sheelitni sanoatbop konlari pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Pnevmatolit konlarda sheelit kontakt-metasomatik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, skarnli minerallarni tarkibiy qismi hisoblanadi (23.1-rasm). Sheelit bu konlarda granitlar bilan karbonatli jinslar kontaktida yuzaga keladi. Bu tipdagi konlarda sheelit bilan bir assotsiatsiyada xal’kopirit, pirit, arsenopirit, pirrotin ba’zan molibdenit uchraydi. Gidrotermal konlarda kvarsli tomirlarda sheelit bilan bir assotsiatsiyada arsenopirit, pirit, karbonatlar, oltin, galenit uchraydi. Sheelitni yirik konlari Koreyada (Sangdong), Amerikani G‘arbiy SHtatlarida, Chexoslovakiyada (Sinovets), Angliyada (Kornuella) ma’lum. Shveysariyada (Bernsk Oberland) 932 grammlik kristali topilgan. HamdO‘stlik davlatlaridan sheelit Kuznetsk, Alatau va Uralda ma’lum. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling