Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Mirabilit – Na
2 SO 4 ·10H 2 O Nomi lotincha «mirabilis» - ajoyib so‘zidan olingan (nemis ximigi Glauber tomonidan taklif qilingan). Sinonimi: Glauber tuzi. Kimyoviy tarkibi: Na – 14,27%; S – 9,95%; O – 69,51%; H – 6,27%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Mirabilit odatda tuproqsimon agregatlar, tuzsimon massalar, po‘stloq va gardlar ko‘rinishida uchraydi. Kristallari juda kam bo‘lib, ular qisqa ustunsimon va prizmatik qiyofada bo‘ladi. Mirabilit rangsiz va shaffof, ba’zan sarg‘ish, ko‘kimtir, yashilroq tuslarda bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (100) bo‘yicha mukammal. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha chig‘anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Qattiqligi 1,5-2. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 1,48. Optik xusuiyatlari: ikki o‘qli, manfiy. Ng=1,398; Nm=1,396; Np=1,394; Ng-Np=0,004. Mirabilitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kichik solishtirma og‘irligi va kichik sindirish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 5,5; 3,22; 3,10. Suvda yaxshi eriydi. Dahandam alangasida 32,5° dan Yuqori temperaturada eriydi. Hosil bo‘lishi jihatidan mirabilit, suvli eritmalardan cho‘kkan, tipik kimyoviy cho‘kindi mahsulot hisoblanadi. Toza suvli eritmalardan 216 32° dan past temperaturada cho‘kadi, bundan Yuqori temperaturada tenardit hosil bo‘ladi. Eritmada xlorli natriy va boshqa tuzlar bo‘lganda, hosil bo‘lishi temperaturasi 18°C gacha kamayadi. Mirabilit ajrab chiquvchi eritma, past temperaturada to‘yingan hisoblanadi, Shuning uchun qish vaqtida ko‘proq hosil bo‘ladi. YOzda esa u yana eriydi va ayrim qismlari tarkibidagi suvni yo‘qotib tenarditga aylanadi. Ko‘pincha tenardit, gips va galit bilan birga uchaydi. Asosiy konlari Qora-bo‘g‘oz gol qo‘ltig‘i (Kaspiy dengizida), Qumundi cho‘lida (Sharqiy Qozog‘iston), Zakavkaz’eda, Qrimda, AQSHda, Meksikada, Argentinada ma’lum. Mirabilit O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, Qizilqumdagi tuzli ko‘llarda, Farg‘ona vodiysini shimolida, Sho‘rkonda, Tyan’-Shan’ tog‘larida uchraydi. Mirabilit soda tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bundan tashqari shisha, bo‘yoqchilik va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi. Meditsinada surgi dori sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling