Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Angidrit – CaSO
4 Nomi grekcha «an» - yo‘q, «gidro» - suv so‘zlaridan olingan. Gipsdan faqat suvi yo‘qligi bilan farq qiladi. Kimyoviy tarkibi: Ca – 29,44%; S- 23,55%; O – 47,01%. Aralashma sifatida stronsiy bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik. simmetriya ko‘rinishi – rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy panjarasi: a 0 = 6,22; b 0 = 6,96; c 0 = 6,97 a 0 = 0,894:1:1,001. Angidrit asosan yaxlit donasimon agregatlar xolida va ba’zan yaxshi hosil bo‘lgan qalin tabletkasimon yoki prizmatik qiyofadagi kristallar tarzida uchraydi. 211 Angidritni rangi oq bo‘lib, ko‘pincha havorang, kulrang ba’zan qizg‘ish bo‘ladi. Rangsiz shaffof kristallari ham uchraydi. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ulanish tekisligi uch yo‘nalish bo‘ycha (010), (100), (001) mukammal bo‘lganligi uchun, ancha osonlik bilan kubik bo‘laklarga ajraladi, Shuning uchun kubik shpati deb ham atashadi. Qattiqligi 3 – 3,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,8 – 3,0. Optik hususiyatlari: ikki o‘qli, musbat. Ng=1,614; Nm=1,576; Np=1,571; Ng-Np=0,043; 2v= 43°. Angidrit uchun diagnostik belgi bo‘lib solishtirma og‘irligining kichikligi va uchta bir-biriga perpendikulyar yo‘nalishi bo‘yicha ulanish tekisligining bo‘lishi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asoiy chiziqlari: 3,49; 2,85; 1,64. Kislotalarda eriydi. Dahandam alangasida erib alangani qizg‘ish sariq rangga kiritadi va oq emalga aylanadi. Angidrit dengiz havzalarida cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘lib, tuz yotqiziqlari minerallari va gips bilan uchraydigan, tipik kimyoviy jarayonlar mahsulotidir. Tekshirishlarni ko‘rsatishicha, angidrit toza eritmalarda 63,5°C dan Yuqori temperaturada cho‘kadi. Agar eritmada xlorlli natriy va xlorli magniy bo‘lsa. 25 – 35°C dan Yuqori temperaturada cho‘ka boshlaydi. Bundan past temperaturada bunday eritmalardan gips cho‘kadi. Bundan tashqari gipsni suvsizlanishi natijasida hosil bo‘lgan metamorfik angidrit ham ma’lum. Rudali tomirlarda angidrit gidrotermal yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Tosh tuzi qatlamlari bo‘lmagan cho‘kindi yotqiziqlarda, angidrit ba’zan yirik to‘plamlar hosil qiladi. Bunday hollarda u, odatdagidek gips bilan assotsiyasiyada bo‘lib, asta – sekin unga o‘tib boradi. Angidritni gipsga aylanish jarayonida uning hajmi suv hisobiga juda oshadi (30% gacha). Angidritni konlari G‘arbiy Uralda, Donbassda va Germaniyada ma’lum. Angidrit O‘zbekistonda Chotqol-Qurama tog‘larida kuzatilgan. Angidritni gips va kal’sit bo‘yicha psevdomorfozalari ma’lum, o‘z navbatida kvars, siderit, dolomit, kal’sit, gips va markazitni esa angidrit bo‘yicha psevdomorfozalari uchraydi. 212 Angidrit asosanssement tayyorlashda ishlatiladi. Zich mayda. kristallangan xillari esa ziynat buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling