Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Soda – Na
2
CO
3
·10H
2
 
Nomi arabcha dengiz qirg‘og‘ida o‘suvchi o‘simlik «salsola soda» dan 
olingan. Bu o‘simlik tarkibi natriy karbonatga boy.
Kimyoviy tarkibi: Na – 16,07; C – 4,2%; H – 7,06%; O – 72,67%.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC.
Odatda donador massalar, po‘stloq, gardlar holida uchraydi. Kristallari juda 
kam uchrab, romboidal tabletkachalar shakliga ega.
Rangi rangsiz, oq va kulrang. Yaltirashi shashisimon. Optik konstantalari: 
Ng=1,440; Nm=1,45; Np=1,405; Ng-Np=0,035. Qattiqligi 1-1,5. Ulanish tekisligi 
{100} bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 1,42-1,47. Toza Na
2
CO
3
bilan 
to‘yingan eritmadan atmosfera bosimida – 2 dan 32°C gacha bo‘lgan 
temperaturada cho‘kadi. Suvda oson eriydi. Havoda tarkibidagi suvni tez yo‘qotadi 
va rangi oqaradi. Soda ko‘llarda kimyoviy cho‘kindi sifatida hosil bo‘lgan mineral 
hisoblanadi. Soda asosan sovuq iqlimli sharoitlarda cho‘kadi, issiq iqlimli 
sharoitlarda esa termonatrit cho‘kadi. Juda oz miqdorda pnevmatolit va 
gidrotermal konlarda ham uchraydi. Konlari G‘arbiy Sibirda, Qozog‘istonda, 
Amerikada (Kaliforniya va Nevada shtatlari), Xitoyda, Hindistonda ma’lum.
O‘zbekistonda Nurota tog‘ etagidagi Istiqko‘l va Kalgansor ko‘llari atrofida, 
Chordarada, Qizilqumda uchraydi.
Soda juda ko‘p sanoat tarmoqlarida, sovun tayyorlashda, shisha, 
bo‘yoqchilik, Shuningdek ximiya va metallurgiya sanoatlarida ishlatiladi.
Eritrin – CO
3
[AsO
4
]
2
· 8H
2
 
Nomi grekcha “Eritros” qizil degan ma’noni bildiradi. Sinonimi – kobal’t 
gullari.
Kimyoviy tarkibi: Co – 29,53%; As – 25,04%; O – 21,38%; N2O – 24,06%. 
Aralashma sifatida Ni, Mg, Fe, Ca bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy 
gruppasi a
0
=10,20; b
0
=13,3; c
0
=4,74; a
0
:b
0
:c
0
=0,763:1:0,355, β=105°01´.


204 
Eritrin mayda kukunsimon gardlar, tolasimon uyumlar, ba’zan mayda 
kristallari prizmatik, ignasimon va plastinkasimon qiyofada uchraydi.
Rangi pushti. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarda sadafdek 
tovlanadi. Optik konstantalari: Ng – 1,701; Nm – 1,663; Np – 1,629; Ng – 
Nr=0,072; 2v≈90°. Qattiqligi 1,5 – 2,5. Ulanish tekisligi mukammal. Solishtirma 
og‘irligi 2,95.
Eritrinni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib pushti rangi va tuproqsimon 
agregatlari xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,23, 3,010, 
2,729. HCl da pushti – qizil rangli eritma hosil qilib eriydi. Dahandam alangasida 
kulrang sharchalar hosil qilib eriydi va sarimsoq xidiga ega bo‘lgan margimush 
angidridi ajralib chiqadi va alanga och ko‘k rang beradi. Yopiq trubkada ko‘p suv 
ajralib chiqadi.
Eritrin kobal’t arsenidlarini nurashidan hosil bo‘ladigan mineraldir. Bu 
mineral Shneeberg (Germaniya), Dashkesan (Kavkaz), Oq jilg‘a (Oloy tog‘lari) 
konlarida topilgan.
O‘zbekistonda eritrin Markaziy Qizilqumda (Tosqozg‘on koni) va Qurama 
tog‘laridagi bir necha konlarda (Oqtepa, Turangli, Qurusoy, Gava, 
Choqadambuloq, Yangikon) topilgan. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling