Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Viterit – VaSO
3 Angliyalik fizik va mineralog olim Vil’gel’m Vitering (1741-1799) nomiga qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: Va – 69,59%; S – 6,09%; O – 24,32%. Ayrim paytlarda aralashma sifatida stronsiy uchraydi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,26; b 0 =8,85; c 0 =6,55; a 0 :b 0 :c 0 =0,595:1:0,741. 200 Viterit sharsimon, buyraksimon va yaxlit massalar, hamda tomirsimon, tolasimon va varaqsimon agregatlar holida uchraydi. Kristallari ikkilangan bo‘lib, psevdogeksagonal dipiramida qiyofasini beradi. Ba’zan ular prizmatik va linzasimon bo‘lishi mumkin. Viterit oq va rangsiz bo‘lib, ko‘pincha kulrang va sarg‘ish tuslarda bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon, singan joylarida yog‘langandek. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi 3-3,5. Solishtirma og‘irligi 4,2-4,3. Optik konstantalari: Ng=1,677; Nm=1,676; Np=1,529; Ng-Np=0,148; 2v=16°. Katod nurlarida ba’zan sariq nur sochadi. Viterit uchun belgi bo‘lib solishtirma og‘irligini Yuqoriligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,72; 2,63; 2,14. Suyultirilgan HNO 3 va HCl da vijillab eriydi. Dahandam alangasida osonlikcha erib, sovugandan so‘ng emalga o‘xshash shaffof shishaga aylanadi. Alanga o‘ziga xos sarg‘ish yashil rangga kiradi. Viterit kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib, gidrotermal jarayonlardagi tomirlarda barit va har xil sul’fidlar bilan birga uchraydi. Ekzogen jarayonlarda esa barit o‘rnida hosil bo‘lgan ikkilamchi mineral sifatida uchraydi. Viteritni yirik uyumlari Angliyada, Turkmanistonda ma’lum. Viterit ximiya sanoatida bariy olishda, chiroyli oq akvarel bo‘yoq olishda ishlatiladigan bariy sul’fati olishda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling