Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
202 Azurit – Cu 3 (CO 3 ) 2 (OH) 2 Nomi fransuzcha «azure» - lojuvard, havo rang so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi – mis ko‘ki (mis lazuri). Kimyoviy tarkibi: Cu – 67%; C – 4,2%; O – 28,1%; H – 0,7%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,97; b 0 =5,84; c 0 =10,29; β=92°24´. Kuzatilgan kristallari kalta ustuncha yoki prizma, Shuningdek, qalin tabletkachalar shakliga ega. Ko‘pincha mayda kristallar druzasi, yaxlit donador massalar, ba’zan radial shu’la kabi tuzilgan agregatlar va tuproqsimon massalar holida topiladi. Tuproqsimon xillari mis ko‘ki deyiladi. Azuritning rangi to‘q ko‘k, donasimon uyumlari havorang. Chizig‘i havorang. Yaltirashi shisha kabi. Ulanish tekisligi (100) bo‘yicha mukammal, (001) bo‘yicha mukammal emas. Optik konstantalari: Ng=1,838; Nm=1,758; Np=1,730; Ng-Np=0.108; 2v=67°. Qattiqligi 3,5-4. Solishtirma og‘irligi 3,7-3,9. Azuritni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib uning o‘ziga xos ko‘k rangi va boshqa mis minerallari bilan birgalikda uchrashi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 5,20; 3,67; 3,53. Kislotalarda vijillab eriydi. Ammiakda ham erib, uni havo rang tusga bo‘yaydi. Dahandam alangasida qoramtir rangga kiradi va oson eriydi. Qaytaruvchi alangada sof mis sharchasi hosil qiladi. Azurit deyarli doimo malaxit bilan birgalikda mis konlarining Yuqori gorizontlarida tarkibida mis bo‘lgan birlamchi minerallarni oksidlanishidan yuzaga keladi. Ko‘pincha azuritni o‘rnini malaxit egallab, azurit o‘rnida psedomorfozalar yuzaga keladi. Malaxit, kuprit,sserussit va tetraedrit o‘rnida psevmorfozalar ham ma’lum. Azuritning yaxshi yirik hosil bo‘lgan kristallari Oltoyda va Afrikada (Tsumeb koni) topilgan. Azurit O‘zbekistonda malaxit bilan birgalikda deyarli hamma mis va tarkibida mis bo‘lgan konlarda uchraydi. Bularga Qurama tog‘laridagi (Qo‘rg‘oshinkon, Lochinxona konlari) va Janubiy O‘zbekistondagi konlarni ko‘rsatish mumkin. Boshqa mis minerallari bilan birgalikda olinib mis rudasi 203 sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari azuritdan ko‘k bo‘yoq sifatida ham foydalanish mumkin. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling