Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari: 1. Kalsit va dolomitni ta’riflang. 2. Malaxit va azuritni amaliy ahamiyati. 3. Siderit va viteritning farqi nimada? 4. Eritrinning amaliy ahamiyati. 22. Sul’fatlar Barit – BaSO 4 Nomi grekcha «baros» - og‘ir degan so‘zdan kelib chiqqan. Bu mineral katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘lganligi uchun Shunday nom berilgan. Sinonimi – og‘ir shpat. 205 Kimyoviy tarkibi: Ba – 58,84%; S – 13,74%; O – 27,42%. Aralashma sifatida Ca, Sr, Pb, Ra uchraydi. Tarkibida stronsiy ko‘p bo‘lgan xili baritotselestin, radiy va qo‘rg‘oshin ko‘pi – xokutolit deyiladi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =8,85; b 0 =5,44; c 0 =7,13; a 0 :b 0 :c 0 =1,627:1:1,311. Barit uchun juda yaxshi kristallangan druzalar xarakterli bo‘lib, ayrimlari ba’zan juda katta o‘lchamli bo‘ladi. Barit kristallarini qiyofasi odatda tabletkasimon, ustunsimon va prizmatik bo‘lishi mumkin. Agregatlari ko‘proq donador, kamdan-kam zich yashirin kristallangan, tuproqsimon bo‘ladi. Baritni rangi oq yoki kulrang, ba’zan qizg‘ish (22.1-rasm), sarg‘ish, qo‘ng‘ir, havorang va yashil bo‘ladi. Rangsiz shaffof kristallari ham uchraydi. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal, (201) va (001) bo‘yicha o‘rtacha. Qattiqligi 3-3,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 4,3-4,5. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat, Ng=1,648; Nm=1,637; Np=1,636; Ng-Np=0,012; 2v=37°. 22.1-rasm. Qizil barit (Jijikrut) Baritni boshqa minerallardan ajratish uchun diagnostik belgi bo‘lib, solishtirma og‘irligini kattaligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,456; 3,058; 2,106. Kukun holidagi barit konsentrlangan sul’fat 206 kislotada sekinlik bilan eriydi. Dahandam alangasida yorilib ketadi va sekinlik bilan eriydi. Hosil bo‘lish jihatidan barit tipik gidrotermal mineral hisoblanadi. U rangli metall konlarida tomirlar hosil qiladi. Ekzogen jarayonlarda hosil bo‘lgan barit ham ma’lum. Baritni sanoatbop konlarini quyidagi asosiy tiplarga ajratish mumkin: 1. Gidrotermal (tomirsimon va metasomatik); 2. Cho‘kindi; 3. Sochilma. Gidrotermal konlarda barit – galenit, sfalerit, kinovar’, pirit, xal’kopirit, kvars, flyuorit, viterit, kal’sit, sof tug‘ma oltin, kumush, mis bilan bir assotsiatsiyada keladi. Mineral tarkibiga ko‘ra baritli gidrotermal konlardan quyidagilarni ajratish mumkin: 1) baritli polimetall; 2) baritli kolchedan; 3) baritli dala shpatlari; 4) baritli monomineral konlar. Baritni yirik gidrotermal konlari Gruziyada ma’lum. Baritni cho‘kindi konlari uning konsentratsiyasi hisobiga tashqi nurash jarayonlarida yuzaga keladi. Baritni dengiz va ko‘llarni cho‘kindi jarayonlari bilan genetik bog‘liq bo‘lgan sanoatbop konlari juda kam. Bularga Germaniyadagi va Ukrainadagi konlarni misol qilish mumkin. Baritni sochilmalari birlamchi konlarni nurash jarayonida yuzaga keladi. Tomirsimon kolchedan yotqiziqlarini nurash jarayonida, temir shlyapalar bilan yopilgan, baritli qumlardan tashkil topgan elyuvial yotqiziqlar yuzaga keladi. Bunday baritli qumlar Uralda ma’lum. O‘zbekistonda baritni eng ko‘p uchraydigan joyi Qurama tog‘lari bo‘lib, Chotqol tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonda ham ancha ko‘p uchraydi. Bularga nisbatan kamroq miqdorda deyarli hamma joylarda uchraydi. Barit har xil oq bo‘yoqlar olishda, ximiya sanoatida – bariy tuzlari olishda, rezina, qog‘oz sanoatida, burg‘ulash ishlarida skvajina devorlarinissementlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling