Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Selestin – SrSO
4
  
Nomi lotincha «selestis» - havo kabi demakdir. Bu mineralning birinchi 
topilgan namunalari och havorang edi.


207 
Kimyoviy tarkibi: Sr – 47,71%; S – 17,45%; O – 34,84%. Ba’zan aralashma 
sifatida Ca, Ba bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi 
rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=8,36; b
0
=5,36; c
0
=6,84; 
a
0
:b
0
:c
0
=1,560:1:1,276. Kristall strukturasi baritniki bilan butunlay bir xil.
Selestin yaxshi yuzaga kelgan kristallar tarzida, ba’zan o‘lchamlari juda 
katta bo‘lgan tabletkasimon, ustunsimon ba’zan prizmatik qiyofada bo‘ladi (22.2, 
22.3, 22.4-rasmlar). Agregatlari ko‘pincha donador, kamroq nayzasimon
tomirsimon, qobiqsimon umuman oqiq shaklida bo‘ladi. Tugunchalar va 
sekretsiyalar, Shuningdek bo‘shliqlarda druza bo‘lib o‘sgan kristallar shaklida 
topiladi.
Selestinning rangi havorang-oq, havorang-kulrang, ba’zan qizg‘ish va 
sarg‘ish tusga ega. Rangsiz, suvdek shaffof kristallari ham uchraydi. Yaltirashi 
shishasimon. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal (201) bo‘yicha o‘rtacha, 
(001) bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi 3-3,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,9-
4,0. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat. Ng=1,631; Nm=1,624; Np=1,622; Ng-
Np=0,009.
22.2-rasm.Sselestin 
Diagnostik belgi sifatida kristallarining prizmatik qiyofasini va och-havo 
rangini ko‘rsatish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,042; 1,999; 


208 
1,595. Konsentrlangan H
2
SO
4
da eriydi. Dahandam alangasida erib, ochiq qizil 
rang beradi va oq sharcha hosil qiladi.
Sun’iy yo‘l bilansselestinni stronsiyli tuzli eritmalarini, sul’fat eritmalar yoki 
H
2
SO
4
bilan cho‘ktirish natijasida olish mumkin.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling