Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anglezit – PbSO 4
22.3-rasm.Sselestin (O‘rta Osiyo)
22.4-rasm.Sselestin (Sherobod). 209 Hosil bo‘lishi jihatidan sselestinni asosiy massasi cho‘kindi jinslar, asosan ohaktoshlar, dolomitlar, gipslar bilan bog‘liq bo‘lib, sof tug‘ma oltingugurt, aragonit va gips bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.sselestinning yirik konlari Angliyada, Germaniyada, Volga daryosi bo‘yida. Boshqirdistonda, Turkmanistonda topilgan. O‘zbekistondasselestin ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, u Farg‘ona vodiysida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekistonda juda ko‘p topilgan.sselestinni uzunligi 45 sm. bo‘lgan yirik kristali Amerikadagi Saut-Bass orolidagi dolomit orasidagi bo‘shliqdan topilgan. Yemirilganda sselestin ko‘pincha stronsianitga aylanadi.sselestinni gips o‘rnida hosil bo‘lgan psevdomorfozasi ma’lum bo‘lib, kvars, kal’sit, sof tug‘ma oltingugurtni sselestin o‘rnida hosil bo‘lgan psevdomorfozalari ma’lum. Selestin qand-shakar ishlashda (stronsiyni gidrat oksidi qandni kristallizatsiyalanishiga yordam qiladi), ximiya, farmatsevtika, shisha va keramika sanoatida, mushaklar tayyorlashda har xil maxsus qotishmalar olishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Anglezit – PbSO 4 Birinchi marta Englezi (Angliya) orolidan topilganligi uchun Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Pb – 68,3%; S – 10,6%; O – 21,1%. Aralashma sifatida BaO (8,45% gacha) bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal’ – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =8,45;% b 0 =5,38; c 0 =6,93; a 0 :b 0 :c 0 =1,571:1:1,288. Anglezit donador, yaxlit, tuproqsimon agregatlar, hamda druzalar va kristall qobiqlar tarzida topiladi. Pinakoidal, dipiramidal ba’zan prizmatik qiyofadagi yaxshi hosil bo‘lgan kristallari uchraydi. Anglezitni rangi rangsizdan oqqacha bo‘lib, ko‘pincha kulrang, sariq, yashil ba’zan ko‘kimtir ranglarga biroz bo‘yalgandek ko‘rinadi. Chizig‘ini rangi rangsiz. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal, (201) va (001) bo‘yicha mukammal emas. Chig‘anoqsimon sinadi. Qattiqligi 2,5-3. Juda mo‘rt. Soltishtirma og‘irligi 6,1-6,4. 210 Optik xusuiyatlari: ikki o‘qli, musbat: Ng=1,984; Nm=1,882; Np=1,877; Ng- Np=0,017; 2v=75°. Anglezitni boshqa minerallardan ajratishda diagnostik belgi bo‘lib tabletkasimon – prizmatik kristallari va Yuqori darajadagi solishtirma og‘irligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,21; 3,00; 2,06. HNO 3 da qiyinchilik bilan eriydi. Dahandam alangasida yorilib-yorilib ketadi va osonlikcha eriydi. Qaytaruvchi alangada sof tug‘ma Pb sharchasi hosil qiladi. Sun’iy yo‘l bilan anglezitni qo‘rg‘oshin tuzlari eritmasiga H 2 SO 4 ta’sir ettirib olish mumkin. Anglezit tipik ekzogen jarayoni mahsuloti hisoblanadi. U yer yuzasidagi eritmalarni birlamchi qo‘rg‘oshin minerallariga (asosan galenit) ta’sir etishi natijasida quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘ladi: PbS+2O 2 =PbSO 4 Bu mineral asosan qo‘rg‘oshin konlarining Yuqori gorizontlarida uchraydi. Anglezitni yaxshi qirralangan kristallari O‘rta Uraldagi Berezovsk konida, Sharqiy Zabaykal’eda va Oltoyni ayrim joylarida topilgan. Anglezit O‘zbekistonni polimetall konlarini deyarli hammasini oksidlanish zonasida, odatda oz miqdorda uchraydi. Bunday konlardan Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopkan, Konsoy, Gudas, Kenkol, Lashkerek, Konimansur, Qo‘chbuloq, Qurusoy, Takeli va boshqa konlarni ko‘rsatish mumkin. Anglezit qo‘rg‘oshin konlarining oksidlanish zonasidan kavlab olinadigan boshqa minerallar bilan birga olinib eritiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling