Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Serussit – PbCO
3
  
Nomi lotincha «serussa» - oq bo‘yoq degan so‘zdan kelib chiqqan. 
Sinonimi: oq qo‘rg‘oshin rudasi.
Kimyoviy tarkibi: Pb – 77,5%; S – 4,5%; O – 18%.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal’ – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=5,15; b
0
=8,47; c
0
=6,11; a
0
:b
0
:c
0
=0,608:1:0,722.
Serussit yaxlit uyumlar, donasimon va tolasimon agregatlar hosil qiladi. 
Bundan tashqari qobiqsimon yopiq kristallangan va tuproqsimon massalar, har xil 
psevdogeksagonal-dipiramidal, 
stolbasimon, 
tabletkasimon, 
ninasimon 
va 
tolasimon qiyofaga ega bo‘lgan chiroyli kristallar hosil qiladi.sserussitni qo‘shaloq 
kristallari ham uchraydi.
Serussitni rangi oq bo‘lib kulrang, sarg‘ish va qo‘ng‘ir tusda tovlanadi. 
Ayrim kristallari ko‘pincha shaffof va rangsiz bo‘ladi. Yaltirashi olmossimon. 
Ulanish tekisligi (110) va (021) bo‘yicha mukammmal emas. Qattiqligi 3-3,5. Juda 
mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 6,4-6,6. Optik konstantalari: Ng=2,078; Nm=2,076; 


197 
Np=1,804; Ng-Np=0,274; 2v=8°. Katod nurlari ta’sirida ochiq yashil havo rang 
nur chiqaradi.
Serussit uchun diagnostik belgi bo‘lib yuqori darajadagi solishtirma og‘irligi 
va olmossimon yaltirashi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 
3,574; 3,480; 2,487. Suyultirilgan HNO
3
da karbon kislotasi ajralib eriydi. KONda 
ham eriydi. Dahandam alangasida osonlikcha erib sariq rangli bo‘lib qoladi. 
Ko‘mirda osonlikcha qaytarilib, metallsimon qo‘rg‘shingacha o‘zgaradi.
Laboratoriya sharoitlaridasserussitni qo‘rg‘oshinni tuzli eritmalariga
ishqoriy metallar karbonatlarini ta’sir ettirish natijasida olish mumkin.
Serussit tipik ekzogen mineral bo‘lib, qo‘rg‘oshin konlarining oksidlanish 
zonasida yuzaga keladi. Bu erda u galenit, anglezit va boshqa qo‘rg‘oshin 
minerallari o‘rnida psevdomorfozalar hosil qiladi.sserussit deyarli hamma 
qo‘rg‘oshin konlarida uchraydi. Uning konlari Amerikada (Ledvill), Avstraliyada 
(Broken-Xill), Sharqiy Zabaykal’eda (Kadainsk-Tayninsk konlari), Oltoy va 
Qozog‘istonda (Qoratovdagi Turlan koni) ma’lum.
Serrussit 
O‘zbekistondagi polimetall konlarini deyarli hammasini 
oksidlanish zonasida uchraydi. Bularga Qo‘rg‘oshinkon, Lochinxona (Ugam tizma 
tog‘lari), Janubiy Darvoza (Konsoy rudali maydoni) larni misol qilib ko‘rsatish 
mumkin.
Serussit muhim qo‘rg‘oshin rudalaridan hisoblanadi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling