Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Rodoxrozit – MnCO
3 Nomi grekcha «rodon» - atirgul, «xros» - rang degan so‘zlardan kelib chiqqan. Sinonimi marganets shpati. Kimyoviy tarkibi; Mn – 47,79%; C – 10,45%; O – 41,76%. Aralashma sifatida ko‘pincha Fe, Mg, Ca, ba’zan Zn va Co uchraydi. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal’-skalenoedrik – L 3 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,73, c 0 =15,51. To‘g‘ri tuzilgan kristallari juda kam bo‘lib, faqat bo‘shliqlardagina topiladi. Agregatlari ko‘pincha donador kristallangan, radial shu’la kabi (21.9-rasm) yoki 194 buyraksimon, sharsimon, sferolit tarzida. Nayzasimon agregatlar va tuproqsimon massa holida ham uchraydi. Kristallarining rangi pushti. Tarkibida kal’siy miqdori orta borishi bilan rangi oqaradi. Vaqt o‘tishi bilan havoda rangi qorayadi (oksidlanadi). Chizig‘i oq. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha (1011) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 3,5-4,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,6-3,7. Optik konstantalari: Nm=1,817; Np=1,597; Nm-Np=0,220. 21.9-rasm. Rodoxrozit Rodoxrozitning kristallangan massalari romboedr bo‘yicha ulanish tekisligiga, pushti rangi va qattiqligiga (pichoq uchi bilan chiziladi) qarab oson bilinadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,65; 2,850; 1,762. Kislotalarda qizdirganda eriydi. Dahandam alangasida erimaydi. Sun’iy usulda rodoxrozitni, yopiq naychada 150°-200°C temperaturada SaSO 3 ni MnCl 2 va MnSO 4 eritmasida qizdirish yo‘li bilan olish mumkin. Rodoxrozit asosan cho‘kinda jarayonlarda yuzaga kelib, marganetsni dengiz cho‘kindi konlarida uchraydi (Gruziyadagi Chiaturi, Shimoliy Uraldagi Polunochnoe konlari). Gidrotermal tomirlardagi konlarda rodoxrozit sul’fidlar 195 bilan birga uchraydi (Uraldagi Sanal’sk koni, Sharqiy Karpatdagi Chivchinek massivi). O‘zbekistonda Qurama (Lashkerek, Zambarak, Turangli, Oltintopkan), Qoratepa (Dautash) tog‘larida topilgan. Yer yuzida rodoxrozit barqaror bo‘lmay manganit va pirolyuzitga aylanadi. U kal’sit, dolomit, alabandin, galenit va baritlarda psedomorfozalar hosil qiladi. Rodoxrozitda kvars hosil qilgan psevdomorfozalar ham ma’lum. Rodoxrozit ferromarganets eritish uchun eng muhim rudalardan biri hisoblanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling