Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
·MgCO
3 Fransuz mineralogi Deodat Dolom’e (1750-1801) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Sa – 21,73%; Mg – 13,18%; S – 13,03%; O – 52,06%. Izomorf aralashma sifatida Fe, Mn ba’zan Zn, Ni, Co bo‘lishi mumkin. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi romboedrik – L 3 C. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,822; c 0 =16,11 (Ca:Mg=1:1,1 nisbatda bo‘lgan holda). Dolomit marmarga o‘xshash kristallangan donador yaxlit massalar, ko‘pincha g‘ovaksimon agregatlar hosil qiladi. Kristallari romboedrik qiyofada bo‘ladi. Dolomitning rangi kulrang oq bo‘lib, ba’zan sarg‘ish, qo‘ng‘irroq va yashilroq tuslarga ega. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha (1011) mukammal. Qattiqligi 3,5-4. Solishtirma og‘irligi 2,8-2,9. Optik konstantalari: Nm=1,681-1,695; Np=1,500-1,513; Nm-Np=0,180-0,182. Dolomit uchun diagnostik belgi bo‘lib, kimyoviy tarkibi va optik xususiyatlari hisoblanadi. 193 Rentgeno-grammadagi asosiy chiziqlari: 2,883; 2,191; 1,785. Xlorid kislotada juda sekin erib qaynamaydi. Dahandam alangasida erimay, yorilib ketadi. Katod nurlarida sarg‘ish-qizil nur sochadi. Dolomitni sun’iy yo‘l bilan Ca va Mg ni karbonatli eritmasidan, SO 2 atmosfera sharoitida 10 atm. bosimida oddiy temperaturada olish mumkin. Dolomit, tarkibiga magnezial tuzlar kiruvchi qaynoq eritmalarni ohaktoshlarga ta’sir etishi natijasida hamda rudali tomirlarda qaynoq eritmalardan cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Dolomitni asosiy qismi ekzogen yo‘l bilan ohakli jinslarni o‘rnini magnezial tuzlar egallashi bilan quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘ladi: 2Ca[CO 3 ]+MgCl 2 =CaMg[CO 3 ] 2 +CaCl 2 Dolomit bilan birgalikda siderit, rodoxrozit, serpentin, tal’k, brusit uchraydi. Ko‘pgina hollarda dolomitlar birlamchi cho‘kindi tog‘ jinsi sifatida tuzi ko‘p suvli basseynlarda hosil bo‘ladi. Dolomitni konlari Al’pda, Ural tog‘larini G‘arbida, Ukrainada (Donbass va L’vov), Moskva oblastida ma’lum. O‘zbekistonda dolomit ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib Chotqol- Qurama tog‘laridagi konlarda, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekistonni konlarida ko‘p kuzatilgan. Dolomit o‘tga chidamli material sifatida, metallurgiyada flyus sifatida, qurilish materiali sifatida, ximiya sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling