Kristallografiya va mineralogiya


-rasm. Kal’sitning kristall druzalari.  21.2-rasm


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

21.1-rasm. Kal’sitning kristall druzalari. 
21.2-rasm. Kal’sit (Riga) 
Kal’sit uchun diagnostik belgi bo‘lib, romboedr bo‘yicha ulanish tekisligi
NSl da (CO
2
ajralib chiqadi) oson erishi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 3,029; 1,869; 1,044. Dahandam alangasida erimaydi va yorilib CO
2
va 
CaO ga parchalanadi. CaO yaltirab nur sochib alangani qizg‘ish sariq rangga 
kiritadi.


186 
Sun’iy yo‘l bilan kal’sitni, bikarbonatli eritmalarni 30°C dan past 
temperaturada cho‘ktirish yo‘li bilan olish mumkin.
Kal’sitning ko‘p qismi gidrotermal tomirlardagi sul’fidlar bilan birga qaynoq 
suvlardan, hamda effuziv tog‘ jinslaridagi bodomsimon joylardasseolit, xalsedon, 
kvars va barit (21.3-rasm) bilan birga hosil bo‘ladi. Ekzogen yo‘l bilan kal’sit 
tomirlarda, jeodalarda, g‘orlarda cho‘kindi jinslar orasida hosil bo‘ladi. Marmarlar 
oxaktoshlarni metamorfiklanish jarayonida yuzaga keladi. Kal’sit konlari juda 
ko‘p. Island shpatini eng yirik konlari Islandiyadagi bazal’tni bo‘shliqlarida (bu 
erda o‘lchami 600-200 sm bo‘lgan romboedrik kristali topilgan), Sharqiy Sibirda, 
Qirg‘izistonda, Ukrainada, (Qrimni Qora-Dog‘ rayoni) ma’lum. Bo‘rni yirik 
qatlamlari, bo‘r davri yotqiziqlarida joylashgan bo‘lib (Yuqori va o‘rta davrlar), 
ular Belgorod shahri yaqinida, Donbasda, Ternopol oblastida ma’lum. Marmarni 
yirik konlarni Al’p tog‘larida (nomi ketgan yirik Kararra oq marmar koni), 
Kareliyada, Uralda, Ukrainada (Donbass va Qrim) ma’lum. Og‘irligi 25 tonnadan 
ortiq bo‘lgan gigant kristallari Itseberg (Amerikadagi, N’yu – Meksika) konidan 
olingan.
21.3-rasm. Kal’sitning barit bilan murakkab tuzilishi. 


187 
Yer yuzida kal’sit barqaror bo‘lmay eriydi va uning o‘rnini boshqa 
minerallar, kvars, xal’sedon, opal, qo‘ng‘ir temirtoshlar, pirolyuzit, ba’zan turli 
karbonatlar egallaydi.
Kal’sit O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, 
Chotqol – Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p 
uchraydi.
Kal’sit qurilish materiali sifatida juda katta ahamiyatga ega. Metallurgiya sanoatida 
flyus sifatida ishlatiladi. Kal’sitning shaffof xillari (islan shpati) polyarizatsion 
mikroskoplarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling