Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

20.3. Nitratlar 
Natriyli selitra – NaNO
3
  
Sinonimi: Chili selitrasi.
Kimyoviy tarkibi: Na= 27,05%; N= 16,48%; O= 56,47%.


182 
Singoniyasi trigonal. Simmetriya ko‘rinishi ditrigonal – skalenoedrik 
L
6
3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
= 5,07; c
0
= 16,81.
Kristall strukturasi kal’sitniki bilan bir xil. Kristallari romboedr shaklida 
bo‘lib qutb burchaklari kal’sit romboedrining qutb burchaklariga juda yaqin. 
Natriyli selitrani kal’sit, muskovit va dolomit bilan birga o‘sishgan parallel 
o‘sishmalari va qo‘shaloq kristallari ma’lum.
Rangi oq, kulrang. Yaltirashi shishasimon. Optik hususiyatlari: bir o‘qli, 
musbat, Nm= 1,585; Np=1,337; Nm-Np= 0,248. Qattiqligi 1,5 – 2. Solishtirma 
og‘irligi 2,24 – 2,28. Mo‘rt. Ulanish tekisligi {1011} romboedr bo‘yicha 
mukammal.
Diagnostik belgilari. Dahandam alangasida ko‘mir ustida birdan o‘t olib 
ketadi, oson eriydi, alangasi sariq rangga (Na borligi uchun) ega.
Suvda oson eriydi. Mazasi sho‘rroq. Og‘izni sovitadi. Rentgenogrammadagi 
asosiy chiziqlari: 3,03; 2,31; 1,89. O‘ziga o‘xshash kaliyli selitradan, natriyli 
selitra katta gigroskopligi bilan ajralib turadi.
Paydo bo‘lishi. O‘simlik o‘smaydigan quruq, issiq joylarda, tarkibida azoti 
bo‘lgan organik moddalarning (parranda va hayvonlar kiyi va boshqa qoldiqlar), 
Shuningdek mikrosuv o‘simliklari va nitrobakteriyalarning biokimyoviy 
parchalanishi (oksidlanishi) natijasida hosil bo‘ladi. Bunday joylarda juda kam 
bo‘ladigan yog‘inlar hosil bo‘lgan selitrani soyliqqa oqizadi va vaqt o‘tishi bilan 
unda selitrali sho‘rxok er, xattoki yaxlit selitra uyumlari hosil bo‘ladi. Selitra bilan 
bir paragenezisda gips, mirabilit, galit, epsomit, glauberit uchraydi.
Natriyli selitrani juda katta uyumlari Chilida (Emul’den vodiysida) 1819 yil 
topilgan bo‘lib, uni miqdori 200 mln. tonnani tashkil qilib, uzunligi 140 km. ni, 
qalinligi 1,5 m.ni tashkil qiladi.
O‘rta Osiyoda tepalik va soyliklarda ancha keng tarqalgan selitradan iborat 
po‘stloq va gullar vaqt – vaqti bilan qurg‘oq kelgan oylarda paydo bo‘ladi. U 
qadimiy shahar va qo‘rg‘on qoldiqlarining, Shuningdek qadimiy paxsa devorlarida 
tarqalgan mikrosuv o‘simliklari va nitrobakteriyalarning parchalanishi va 


183 
nitrofikatsiya-lanishi jarayonida hosil bo‘ladi. Bunday uyumlar Qarshi cho‘llarida, 
Buxoro viloyatida, Farg‘ona vodiysida, Xiva tumanida ma’lum.
Amaliy ahamiyati. Nitrat kislota olishda, qishloq ho‘jaligida mineral 
o‘g‘itlar tayyorlashda, shisha sanoatida, oziq – ovqat sanoatida, qora porox va 
portlovchi moddalar olishda ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling