Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.15-rasm.
Gyotit – Fe
2 O 3 · H 2 O Iogann Vol’fgann Gete (1749-1832) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi: ignasimon temir rudasi. Kimyoviy tarkibi: Fe – 62,85%; O – 36,01%; N – 1,14%. Tarkibida suvi ko‘p bo‘lgan (12-14% gacha) va quyidagi formula bilan Fe 2 O 3 ∙ nH 2 O ifodalanuvchi xili limonit yoki gidrogetit deyiladi («lemon» - grekcha o‘tloq so‘zidan olingan. Temir gidrooksidlarining o‘tloq yoki botqoqliklarda tarqalgan rudalari ko‘zda tutiladi)(20.15-rasm). Tarkibida getit, limonit hamda kremnizem gidroksidlari va gilli minerallar bo‘lgan tabiiy yopiq kristallangan aralashmalari qo‘ng‘ir temirtoshlar deyiladi. 178 20.15-rasm. Limonitning ohak-tomma shakli Singoniyasi rombik. Simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal’ 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,64; b 0 =10,0; c 0 =3,03. a 0 :b 0 :c 0 =0,464:1:0,303. Juda kam uchraydigan kristallari ignasimon yoki ustunsimon qiyofada bo‘ladi. Ko‘proq ichki tuzilishi ingichka radial yoki parallel tolalardan iborat oqiq, buyraksimon yoki stalaktit shakllarida («ignasimon temir ruda») yoki zich, yaxlit, g‘ovak, shlaksimon, kukun massalar tarzida uchraydi. Getitning pirit va boshqa temir sul’fidlari kristallari o‘rnida paydo bo‘lgan psevdomorfozalari keng tarqalgan (20.16-rasm). Oolitlar, loviya toshlar, konkretsiyalar hamda jeodalar holida ham uchraydi. Limonit bilan getitning rangi sarg‘ish qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir va qora. Getitning chizig‘i qo‘ng‘ir bo‘lib, biroz qizg‘ish tusda tovlanadi. Yaltirashi olmosdan yarim metallgacha. Yupqa bo‘laklari shaffof. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi getitniki 4,5-5,5, limonitniki 1 dan 4 gacha. Solishtirma og‘irligi: getit 4-4,4, limonit 3,3-4,0. optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy, Ng=2,35-2,40; Nm=2,35-2,39; Np=2,21-2,26; Ng-Np=0,014. Qaytarish ko‘rsatkichi kichik (15% atrofida). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling