Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

26.4-rasm. Granat kristallari 
Masalan, Norvegiyada Dal’sf’ord yaqinida topilgan granatni og‘irligi 700 kg 
kelgan. Granat kristallarini eng ko‘p uchraydiganlari rombik dodekaedr shaklida 
bo‘ladi, ba’zan tetragon-trioktaedr ham bo‘lishi mumkin. Granatlar alohida 
kristallar va kristall uyumlari holida uchraydi (26.5, 26.6-rasmlar). Tog‘ jinsi 
sifatidagi yaxlit massalari, donador yoki ba’zan massiv agregatlari andradit va 
grossulyar uchun xarakterlidir.
 
26.5-rasm. Granat druzasi 


249 
26.6-rasm. Granat druzasi 
Granatlarni rangi oqdan qoragacha bo‘ladi. Bu oraliqda granatlarda ko‘kdan 
boshqa hamma ranglar uchraydi. Ohakli granatlar odatda rangsiz, yashilroq
andradit qora bo‘ladi. Uvarovit – zumrat-yashil, pirop, al’mandin va spessartin 
qizil va binafsha-qizil bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon ba’zan olmossimonga yaqin. 
Ulanish tekisligi mukammal emas. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 6,5-7,5 
(al’mandin, pirop, spessartinniki yuqoriroq 7-7,5).
Granatlar uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallari qiyofasi, Yuqori 
darajadagi qattiqligi va solishtirma og‘irligini kattaligi xizmat qiladi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,583; 1,542; 0,7835 (pirop); 2,589; 1,539; 
1,071 (al’mandin); 2,603; 1,610; 1,553 (spessartin); 3,020; 2,691; 1,604 (uvarovit); 
2,662; 1,581; 1,101 (grossulyar); 2,707; 1,611; 0,819 (andradit). Sul’fat kislotada 
faqat andkadrit qiyinchilik bilan eriydi, qolganlari esa erimaydi. Dahandam 
alangasida oson erib (xromli granatlardan tashqari), har xil rangli sharchalar hosil 
qiladi. Temirli xillari magnitlik xususiyatiga ega.
Granatlar metamorfik jarayonlarda hosil bo‘lib, kristallangan slyudali, shox 
aldamchisi, xlorit slanetslarda va gneyslarda, hamda skarnlarda uchraydi. 
Skarnlarda granatlar endokontakt zonada plagioklazlar hisobiga yoki ekzokontakt 
zonasida ohaktoshlarga SiO
2
ta’sir etishidan hosil bo‘lishi mumkin. Skarnlarda 
granatlar bilan bir assotsiatsiyada kal’sit, diopsid, vezuvian va epidot, slanetslarda 
esa xlorit, disten, stavrolit, slyudalar uchraydi. Magmatik sharoitda hosil bo‘lgan 


250 
granatlar ham uchraydi (al’mandin, pirop). Magmatik jarayonda hosil bo‘lgan 
granatlar kristallarini tashqi ko‘rinishi jihatidan kontaktdagilardan farq qiladi. 
Magmatik jarayonda hosil bo‘lganlar tetragon-trioktaedr qiyofasiga ega bo‘lsa, 
kontaktdagi granatlar esa rombododekaedr qiyofasiga ega bo‘ladi.
Granatlarni kimyoviy tarkibi ular hosil bo‘lgan tog‘ jinslari bilan bog‘liq. 
Pirop va unga yaqin granatlar asosan metamorfiklashgan serpentinitlarda va 
boshqa magniyga boy tog‘ jinslarida (kimberlit, peridotit, piroksenit) uchraydi. 
Al’mandin odatda metamorfik slanetslarda, spessartin granitlarda va pegmatitlarda, 
uvarovit xromitlarda bo‘shliqlarni to‘ldirgan holda, grassulyar va andradit temiri 
kam skarnlarda uchraydi. Granat konlari Amerikada (Pensil’vaniya shtati, N’yu-
York, Djordjiya), Janubiy Uralda, Kareliyada, Chexoslovakiyada (olivinli tog‘ 
jinslaridagi piroplar).
Granatlarni yirik monomineral uyumlari O‘zbekistonda Chotqol-Qurama tog‘larida 
va G‘arbiy O‘zbekistonning skarnli-polimetall, skarnli- magnetit, skarnli-sheelit 
konlarida ma’lum. Janubiy O‘zbekistonda kam uchraydi.
Yerning yuza qismida granat katta qattiqlikka ega bo‘lganligi sababli 
barqaror va sochilma konlarni hosil qiladi.Granatlarni chiroyli xillari qimmatbaho 
tosh sifatida ishlatiladi. Qattiqligi katta bo‘lgan granatlar abraziv material sifatida 
ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling