Kristallografiya va mineralogiya


-rasm. Spodumen  Nazorat savollari


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

27.5-rasm. Spodumen 
Nazorat savollari: 
1. Diopsid va gedenbergitga ta’rif bering. 
2. Berillni ranglariga qarab nomlanishi? 
3. Egirin va spodumenning amaliy ahamiyati. 
 
28. Lentasimon silikatlar 
Tremolit– Ca
2
Mg
5
(OH)
2
[Si
8
O
22
], aktinolit– Ca
2
(Mg,Fe)5(OH)
2
[Si
8
O
22
].
Tremolitni nomi topilgan joyiga (al’pdagi Tremol vodiysi) qarab qo‘yilgan. 
Aktinolit – grek so‘zlari «aktis» - nur va «litos» - tosh so‘zlaridan kelib chiqqan 
(shu’lasimton joylashgan ignadek agregatlari bilan bog‘liq).
Kimyoviy tarkibi 28.1-jadvalda keltirilgan.


265 
Tremolit va aktinolitni quyidagi xillari ma’lum: tremolit-asbest va aktinolit-
asbest – ingichka tolali asbestga o‘xshash minerallar, odatda uzun tolalardan iborat 
bo‘ladi; nefrit-yaxlit, yopiq kristallangan xili, mikroskop ostida tolasimon tuzilishi 
kuzatiladi. 
28.1-jadval 
Monoklin amfibollarni kimyoviy tarkibi. 
(% hisobida) 
Mineral 
SiO
2
 
FeO 
MgO 
CaO 
Na
2

H
2

 
Tremolit 
Aktinolit 
46,9 – 
57,72 
0-42,17 
0-28,83 
10,93- 
13,45 

3 gacha 
(aktinolit 
uchun) 
Ribekit 
49,3-
50,01 
7,97-
18,86 
0,32-0,41 
1,24-2,75 
8,27-8,79 

Glaukofan 
47,42-
58,85 
4,31- 
10,91 
3,92- 
17,4 
0,33- 
12,95 
3,63- 
9,34 
1,38-4,79 
Arfvedsonit 
43,85-
52,12 
32,33-
37,32 
0,58-0,81 
0- 4,65 
7,14-
13,01 
0,15-2,08 
Shox aldamchisi 
34,66-
59,5 
1,96-40,4 
0,5-36,19 
0,5-28,7 
12,9 
gacha 
0,5-10,9 
Tremolit va aktinolitni yaltirashi shishasimon. Qattiqligi, solishtirma 
og‘irligi, optik xususiyatlari 28.2-jadvalda berilgan. Bu minerallarni fizik 
xususiyatlari tarkibidagi temir miqdoriga qarab o‘zgaradi.
 
28.2-jadval
Monoklin amfibollarni ayrim xususiyatlari 
Mineral 
Qattiqligi 
Solishtirma 
og‘irligi 
Optik xususiyatlari 
Ng 
Nm 
Np 
Ng-
Np 
2v 
Tremolit 
5,5-6 
2,9-3,0 
1,624 
1,613 
1,599 
0,025 
81° 
Aktinolit 
5,5-6 
3,1-3,3 
1,64 
1,63 
1,614 
0,026 
78° 
Ribekit 
5-6 
3,44 
1,697 
1,695 
1,693 
0,004 
90° 
atrofida 
Glaukofan 
6-6,5 
3,1-3,2 
1,639 
1,638 
1,621 
0,018 
45° 
Arfvedsonit 
5,5-6 
3,44-3,46 
1,686-
1,708 
1,707 
gacha 
1,676-
1,695 
0,008-
0,012 
90° 
atrofida 
Shox 
aldamchisi 
5,5-6 
3,1-3,3 
1,65-
1,69 
1,67-
1,64 
1,63-
1,66 
0,019-
0,020 
O‘rtacha 
80° 
 


266 
Tremolit (28.1-rasm) va aktinolitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib yoriq 
(tremolit uchun) va yashilroq (aktinolit uchun) rangi, nursimon agregatlari 
hisoblanadi. Kislotalarda deyari erimaydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan 
erib shaffof rangsiz (tremolit) va kulrang-yashil yoki qoramtir-yashil (aktinolit) 
shishaga aylanadi.
Hosil bo‘lishi jihatidan tremolit va aktinolit past temperaturali metamorfik 
mineral hisoblanadi va odatda intruziv jinslar bilan ohaktosh va dolomitlarni 
kontaktida, hamda kristallangan slanetslarda uchraydi. Bular bilan bir 
assotsiatsiyada diopsid, shpinel’, forsterit, serpentin, apatit, sfen, kal’sit, epidot va 
xlorit uchraydi. Temperatura ko‘tarilganda bu ikki mineral ham quyidagi reaksiya 
asosida piroksenlarga aylanadi:
Ca
2
(Mg,Fe)
5
(OH)
2
[Si
8
O
22
]→ 2Ca(Mg,Fe)[Si
2
O
6
]+3(Mg,Fe)[SiO
3
]+SiO
2
+H
2

Metamorfik tog‘ jinslari uchun aktinolit geologik termometr vazifasini 
bajaradi. Eritmalarni diopsidga ta’sir etishi natijasida u quyidagi reaksiya asosida 
tremolitga aylanadi.
5CaMg[Si
2
O
6
]+H
2
O=Ca
2
Mg
5
(OH)
2
[Si
8
O
22
]+3CaO+2SiO
2
Bunda kal’siy oksid va kremnezem ajralib toza tremolitli tog‘ jinslari hosil 
bo‘ladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling