Kristallografiya va mineralogiya


Ribekit – Na 2 (Fe,Mg) 3 Fe 2 (OH) 2 [Si 8 O 22 ], glaukofan


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Ribekit – Na
2
(Fe,Mg)
3
Fe
2
(OH)
2
[Si
8
O
22
],
glaukofan – Na
2
(Fe,Mg)
3
∙Al
2
(OH)
2
[Si
8
O
22
].
Ribekitni nomi uni birinchi marta topgan Emil Ribek nomiga qo‘yilgan.
Glaukofanni nomi grekcha «glyavkos» -ko‘k (ko‘k rangli mineral) so‘zidan 
olingan. Ribekit va glaukofan uzilmas izomorf qator hosil qiladi. Bu minerallarni 
xillaridan krokidolit (ribekitni asbestsimon xili) va rodusitni (glaukofanni 
magnezial xili) ko‘rsatish mumkin.
Ribekit xol-xol prizmatik kristallar va nursimon agregatlar holida uchraydi. 
Ribekit rangi qoramtir-ko‘kdan qoragacha, glaukofan - ko‘k, mikroskop ostida 
yoriq ko‘k, havorang. Qattiqligi, solishtirma og‘irligi va optik xususiyatlari 28.2-
jadvalda berilgan. Ribekit natriyga boy magmatik va ba’zi bir metamorfik tog‘ 
jinslarida hosil bo‘ladi. U ishqorli tog‘ jinslari uchun xarakterli bo‘lib, egirin bilan 
bir assotsiatsiyada uchraydi.
Glaukofan- metamorfik mineral. U kristallangan slanetslar va tarkibi unga 
yaqin bo‘lgan kristallangan tog‘ jinslarda uchraydi. Ribekit va glaukofan Sharqiy 
Qozog‘istonda (Kalbinsk tog‘i), Apsheron yarim orolida, Ukrainada (Krivoy Rog) 
ma’lum.
Ribekit O‘zbekistonda jins tashkil qiluvchi mineral sifatida Markaziy 
Qizilqumning Kul’juktov tog‘laridagi Tozabuloq massivining nefelinli sienitlarida 
kuzatilgan. 
Arfvedsonit – Na
3
(Fe,Mg)
4
Fe(OH,F)
2
[Si
8
O
22
]
Bu mineral shvetsiyalik ximik olim Arfvedson sharafiga Shunday nom bilan 
atalgan.
Kimyoviy tarkibi 28.1- jadvalda berilgan.
Arfvedsonit donasimon agregatlar va ustunsimon kristallar tarzida uchraydi.


269 
Rangi qora. Chizig‘ini rangi qoramtir, kulrang – havorang. Qattiqligi, 
solishtirma og‘irligi va optik xususiyatlari 28.2-jadvalda berilgan.
Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida oson erib magnit sharchasi 
hosil qiladi.
Arfvedsonit nefelinli sienit tipidagi ishqorli tog‘ jinslarda hosil bo‘ladi. 
Arfvedsonitni ishqorli pegmatitlardagi ayrim kristallari 20 sm. ga etadi. Yirik 
uyumlari Ukrainada ma’lum.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling