Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

29.2-rasm. Muskovit dala shpati bilan (Oygaing) 
Muskovitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, ochiq rangi, sadafsimon 
yaltirashi, ulanish tekisligini o‘ta mukammalligi va yupqa qavatlarga oson 
bo‘linishi xizmat qiladi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida yupqa 
qavatlari qiyinchilik bilan erib shaffof bo‘lmagan oq emalga aylanadi.


279 
Muskovit intruziv tog‘ jinslarda, granitli pegmatitlarda (29.3-rasm), 
gidrotermal tomirlarda va metamorfik kristallangan slanetslarda hosil bo‘ladi. 
Pegmatit va metamorfik tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan muskovit ko‘proq 
ahamiyatga ega. Granitli pegmatitlardagi muskovit, kaliyli dala shpatlari hisobiga 
metasomatik yo‘l bilan quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘ladi (29.2, 29.3-
rasmlar):
3K[AlSi
3
O
8
]+H
2
O=Kal
2
(OH)
2
[AlSi
3
O
10
]+6SiO
2
+K
2

29.3-rasm. Muskovit dala shpati bilan pegmatit tomirlarda 
Gidrotermal konlarda ko‘pincha yon jinslardagi plagioklazlar hisobiga 
seritsit uyumlari hosil bo‘ladi. Bu jarayon seritsitlanish deb ataladi. Metamorfik 
jarayonlarda muskovit, Yuqori temperaturada past cho‘kindi tog‘ jinslari hisobiga 
hosil bo‘ladi.
Muskovitni yirik konlari pegmatitlarda Hindistonda (Bengal va Madras 
rayonlari), Amerikada (Shimoliy Karolina, Merilend), Kanadada, Xitoyda ma’lum. 
Birlashgan hamdo‘stlik davlatlaridan Sharqiy Sibirda, O‘rta Uralda, Kol’sk yarim 
orolida va Ukrainada ma’lum. Muskovit va seritsit O‘zbekistonda eng ko‘p 
uchraydigan minerallar qatoriga kirib juda ko‘p kuzatilgan va o‘rganilgan.
Yerning yuza qismida muskovit ancha mustahkam, lekinsseolit, gidroslyuda 
va kaolinitga aylanadi. Tarkibida magniy, kal’siy, natriy bo‘lgan eritmalar ta’sirida 
muskovit serpentin, tal’k va paragonitga aylanadi. Yuqori temperaturada muskovit 


280 
barqaror bo‘lmay, suv ajralib kaliyli dala shpati va sillimanitga quyidagi reaksiya 
asosida aylanadi:
Kal
2
(OH)
2
[AlSi
3
O
10
]+SiO
2
=K[AlSi
3
O
8
]+Al
2
O[SiO
4
]+H
2

Muskovit juda yuqori Om qarshiligiga va elektroizolyasion xususiyatga 
egaligi sababli elektr va radiotexnikada keng qo‘llaniladi.
Biotit – K(Mg,Fe)
3
(OH,F)
2
[AlSi
3
O
10
].
Biotit 
flogopit 
– 
KMg
3
(OH,F)
2
[AlSi
3
O
10

va 
lepidomelan 
– 
KFe
3
(OH)
2
[AlSi
3
O
10
] dan iborat uzilmas izmorf qatorni oraliq a’zosi hisoblanadi.
Mineral nomi fransuz fizigi J.Bio sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Flogopitni 
nomi grek so‘zi «flogopos» - o‘t, olov degan so‘zdan olingan (bunda mineralni 
rangi ko‘zda tutilgan). Lepidomelanni nomi grek so‘zlari «lepis» - tangacha, 
«melyas» - qora so‘zlaridan kelib chiqqan (qora rangli).
Biotitni kimyoviy tarkibi 29.1-jadvalda keltirilgan. Aralashma sifatida BaO, 
Na
2
O Fe
2
O
3
ba’zan MnO, CaO, Cr
2
O
3
, NiO, TiO
2
, Li
2
O, SrO, Cs
2
O uchraydi. 
Biotitni fizik xususiyatlari 29.2-jadvalda keltirilgan. Solishtirma og‘irlik va optik 
xususiyatlar temir miqdoriga qarab o‘zgaradi.
Flogopit sarg‘ish, jigarrang, yashil, qo‘ng‘ir va juda kam hollarda rangsiz 
bo‘ladi. Biotit qoramtir, qora, jigarrang, qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi. Flogopitni 
yaltirashi shishasimondan yarim metallsimon va yog‘langangacha. Biotit 
shishasimon yaltiraydi. 
Biotitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, rangi va varaqsimon tuzilishi 
xizmat qiladi (29.4-rasm). Konsentrlangan H
2
SO
4
da erib kremnezemni oq 
cho‘kindisini hosil qiladi. HCl juda kam ta’sir qiladi. Dahandam alangasida 
qiyinchilik bilan eriydi. Biotit izomorf qatoridagi minerallar magmatik, 
metamorfik va metasomatik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Biotit ko‘p granitlarni 
asosiy jins tashkil qiluvchi minerali hisoblanadi. Ishqorli tog‘ jinslarida juda kam 
uchraydi. Asos tog‘ jinslarda flogopit olivin bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. 
Metamorfik jarayonlarda hosil bo‘lgan biotit metasomatik yo‘l bilan o‘rta va 
yuqori temperaturalarda yuzaga keladi. Flogopit konlari Kanadada (Ontario 
provinsiyasi), Madagaskarda, Hindistonda, Koreyada, Zabaykal’eda (Slyudyanka), 


281 
Uralda ma’lum. O‘zbekistonda flogopit Qurama tog‘larida, Chotqolda, Nurotada, 
Kul’juktog‘da kuzatilgan va o‘rganilgan. Biotit esa O‘zbekistonda eng ko‘p 
tarqalgan minerallar qatoriga kiradi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling