Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
275 Pirofillit – Al 2 [Si 4 O 10 ][OH] 2 Grekcha “piros” - o‘t, olov “fillon” – varaq demakdir. Daxandam alangasida yupqa varaq – varaq bo‘lib ajralib ketishiga qarab Shunday nom berilgan. Birinchi marta 1829 yil Uralda Berezovsk oltin konida R.German tomonidan topilgan. Kimyoviy tarkibi: Al – 14,98%; Si – 31,18%; O – 53,29%; H – 0,56%. Aralashma sifatida MgO, FeO, Fe 2 O 3 uchraydi. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,14; b 0 =8,90; c 0 =18,55 β=99°55´; a 0 :b 0 :c 0 =0,578: 1:2,084. Odatda yassi – shu’la kabi tuzilgan agregatlar yoki agal’matolit yoki pagodit deb aytiladigan yashirin tangachalardan iborat zich jins xolida tarqalgan. Grekcha “agal’ma” - xaykal, ”pagoda” – Budda sanami va ibodatxona demakdir. Bu toshdan skul’pturali mahsulotlar ishlanar edi. Pirofillitning rangi oq, yashil ba’zan sarg‘ish va qo‘ng‘ir bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon bo‘lib, ulanish tekisligi yuzalarda sadafsimon tovlanadi. Yupqa varaqchalari shaffof egiluvchan, lekin qayishqoq emas. Qattiqligi 1. Qo‘lga yog‘liqdek tuyuladi. Solishtirma og‘irligi 2,66-2,9. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha mukammal. Optik konstantalari Ng =1,600 Nm=1,588; Np=1,552; Ng-Np = 0,048 2v=53-60°. Pirofillit uchun diagnostik belgi sifatida juda ham kichik qattiqligi, och rangi, sadafdek yoki tovlanib yaltirashi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,045; 1,489; 1,381. Kislotalarda erimaydi. Daxandam alangasida yupqa varaqchalarga ajralib qordek oppoq massaga aylanadi. Pirofillit asosan gidrotermal eritmalarni glinozemga boy tog‘ jinslariga ta’sir etishidan yuzaga keladi. Bundan tashqari u, juda past temperaturali sharoitlarda tomirli konlarda, hamda endogen yo‘l bilan gilli tog‘ jinslarida va ko‘mir konlarida yuzaga keladi. Pirofillit bilan bir assotsiatsiyada kvars, andaluzit, disten, tal’k, kaolin uchraydi. Uni Uralda, Ukrainada, Amerikada konlari ma’lum. Pirofillitni tal’k ishlatiladigan hamma sohalarda uning o‘rniga ishlatilishi mumkin. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling