288
Tyuringit yaxlit yashirin kristallangan massalar holida, hamda ba’zan mayda
tangachalar holida uchraydi.
Tyuringitni rangi sarg‘ish yashildan qoramtir yashilgacha. Chizig‘ini
rangi
yashilsimon kulrang. Tangachasimon xillarini yaltirashi sadafsimon.
Ulanish
tekisligi mukammal. Qattiqligi 2-2,5. Solishtirma og‘irligi 3,15-3,19.
Optik
xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy; Nm=1,64-1,68; Ng-Np=0,005-0,010.
Tyuringit uchun diagnostik belgi bo‘lib kimyoviy tarkibi xizmat qiladi.
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 6,8; 3,48; 1,552.
HCl da eriydi va
kremnezem elimshagi hosil bo‘ladi. Dahandam
alangasida erib qora magnit
shishasiga aylanadi.
Ayrim kuchsiz metamorfiklashgan cho‘kindi temir
konlarida yirik uyumlar
holida siderit, magnetit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.
Tyuringit endogen
mineral sifatida temirga boy tog‘ jinslarini gidrotermal o‘zgarishidan
yuzaga
keladi. Tyuringitni yirik konlari Germaniyada (Tyuringiya koni), Qozog‘istonda
(Karadjal) ma’lum. Tyuringit O‘zbekistonda Qurama tog‘laridagi rudali konlarda,
hamda shimoliy Orol bo‘yi cho‘kindi konlarida ko‘p
uchraydigan minerallardan
hisoblanadi.
Tyuringitni yirik uyumlaridan temir rudasi sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: