Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Magnezial-temirli
23-27 20-23 3,5-8 20-25 10-16 10,5- 11,5 1,610- 1,640 0,002- 0,007 Temirli 21-30 18-20 3-9 29-36 2-7 10- 10,5 1,640- 1,670 0,008- 0,013 283 Xloritlar odatda varaqsimon (29.5-rasm), tangasimon agregatlar, hamda yaxlit massalar holida uchraydi. Yaxshi hosil bo‘lgan kristallari juda kam bo‘lib, ular tabletkasimon va ayrim hollarda bochkasimon qiyofaga ega. Ular ko‘pincha xloritlar va slyudalar qonuniga asoslangan holda ikkilangan. Mikroskop ostida xloritlarda bo‘laklangan va radial-nursimon tuzilish kuzatiladi. Xloritlarni rangi har xil tusdagi yashil. Kemmereritni rangi (xromga boy magnezial xlorit) qizil yoki binafsha, leytxenbergitniki (klinoxlorni kam temirli xili) oq, kochubeitniki (klinoxlorni tarkibida xrom bo‘lgan xili) pushti va binafsha. Temirli xloritlarni rangi och yashildan qoramtir-kulrang yashilgacha va qoragacha (shamozit) bo‘ladi. Xloritlarni ulanish tekisligi slyudalarnikiga o‘xshash. Xloritlar uchun kichik qattiqlik va solishtirma og‘irlik xosdir. 29.5-rasm. Xlorit (Ural) Hosil bo‘lishi jihatidan xloritlar metamorfik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan past temperaturali gidrotermal jarayonlar mahsulotidir. Yuqori temperaturada ular granat va kordieritlarga aylanadi. Xloritlar ko‘pincha rudali tomirlarni kontaktida 284 biotit va shoh aldamchisini hisobiga yuzaga keladi. Temirli xloritlar – tyuringit va shamozit ko‘pincha ekzogen jarayonlarda, tipik dengiz cho‘kindisi sifatida hosil bo‘ladi. Xloritlar metamorfik tog‘ jinslarda keng tarqalgan bo‘lib, u erda xloritli slanetslarni qavatlarini hosil qiladi. Bu tog‘ jinslarini bo‘shliqlarida va darzliklarida ko‘pincha xloritni yaxshi hosil bo‘lgan kristallari uchraydi. Xloritni yaxshi kristallari Shveysariyadagi Al’p tipidagi tomirlarda, Uralda, Bavariyada, Lotaringiyada topilgan. Xlorit gruppasi minerallaridan faqat shamozit va tyuringit yirik uyumlar holida topilganida temir rudasi sifatida amaliy ahamiyatga ega. Xlorit gruppasi minerallari ichida eng ko‘p tarqalgan va muhim bo‘lgan pennin, klinoxlor, proxlorit, shamozit va tyuringitni alohida ko‘rib chiqamiz. Pennin – (Mg,Fe) 5 Al(OH) 8 [AlSi 3 O 10 ] Nomi topilgan joyi Al’pdagi Pennin nomiga qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: MgO – 17,4-35,9%; FeO – 0,7-17,4%; Fe 2 O 3 – 0-5,7%; Al 2 O 3 – 13,8-21,3%; SiO 2 – 29,8-33,7%; H 2 O – 11,5-14,6%. Xromga boy xili kemmererit (Rossiyalik tog‘ injeneri Kemmerer sharafiga Shunday nom bilan atalgan) yoki rodoxromom (grek so‘zi «rodon» - pushtidan olingan. Mineral pushti rangli) deyiladi. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi – prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,2-5,3; b 0 =9,2-9,3; c 0 =28,6; a 0 :b 0 :c 0 ≈0,570:1:3,076; β=96°50´. Pennin odatda tangasimon va plastinkasimon agregatlar holida, bo‘shliqlarda esa druzalar va plastinkasimon, tabletkasimon, bochkasimon qiyofadagi alohida kristallar tarzida uchraydi. Qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Penninni rangi har xil tusdagi butilkasimon yashil, xromli xillarini rangi esa pushti va binafsha, ba’zan kumushdek-oq. Yaltirashi ulanish tekisligi yuzalarida sadafsimon. Yupqa qavatlari shaffof. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 2-2,5. Qavatlari egiluvchan, lekin cho‘zilmaydi. Solishtirma og‘irligi 2,6-2,85. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat; Ng=1,57-1,58; Nm=1,57-1,58; Np=1,57; Ng-Np=0,004 gacha. 285 Penninni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib yashil rangi, o‘ta mukammal ulanish tekisligi, kichik qattiqligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,795; 3,585; 2,538. H 2 SO 4 da eriydi. Dahandam alangasida oqaradi, bo‘laklarga ajraydi, lekin erimaydi. Pennin metamorfik jarayonlarda hosil bo‘lib, ko‘pincha xloritli slanetslarni yirik qavatlarini hosil qiladi. Bu mineralni yaxshi hosil bo‘lgan kristallari Janubiy Uraldagi Nazyamsk tog‘larida, Nikolay Maksimilanovskda, Bajenovsk asbest konida va boshqa joylarda topilgan. O‘zbekistonda xlorit gruppasiga kiruvchi minerallardan eng ko‘p tarqalganlaridan biri bo‘lib Qurama tog‘laridagi rudali konlarda va janubiy O‘zbekistonni polimetall konlarida ko‘p kuzatilgan. Xloritli slanetslar ayrim paytlarda qog‘ozni yaltiratish uchun zarur bo‘lgan poroshoklar olishda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling