Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Allofan – mAl
2 O 3 ·nSiO 2 ·pH 2 O Nomi grekcha so‘z «allofanes» - u, boshqaga o‘xshash degan so‘zlardan olingan (allofan och havorang yoki yashil tusli bo‘lgani uchun, mis minerallari bilan chalkashtirilgan). Kimyoviy tarkibi: Al 2 O 3 – 23,5-41,6%; SiO 2 – 21,4- 39,11%; H 2 O – 39,0-43,9% ko‘pincha Fe 2 O 3 , MgO, CaO, K 2 O, Na 2 O, CuO, ZnO, P 2 O 5 , SO 3 , CO 2 bo‘ladi. Allofan qiyshiq va chig‘anoqsimon yuzali shishasimon massalar, ba’zan kukunsimon oq massalar hosil qiladi. Ko‘pgina rentgenometrik tekshirishlar uni amorf holatini ko‘rsatdi. Ayrim namunalari galluazit chiziqlariga yaqinligini ko‘rsatdi. Alofanni rangi och-havorang, yashil-sariq, ba’zan rangsiz, ayrim hollarda to‘q yashil, qo‘ng‘ir. Yaltirashi shishasimon, yog‘langandek. Shaffof yoki nur o‘tkazadi. Qattiqligi 3,0 atrofida. Juda mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 1,85-1,89. Sindirish ko‘rsatkichi 1,47-1,51. 296 Allofanni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib shishasimon ko‘rinishi, kichik qattiqligi, termik xususiyatlari xizmat qiladi. HCl da elimshak kremnezem hosil qilib parchalanadi. Dahandam alangasida sochilib ketadi, lekin erimaydi. Allofanni qizdirish egri chiziqlarida ikki xil hodisa kuzatiladi: endotermaik 110-150°C va ekzotermik 920-1100°C. Birinchisi adsorbsion suvni ajratilishi bilan kuzatilsa, ikkinchisi mullitni kristallizatsiyalanishini boshlanishi bilan bog‘liq. Degidratatsiya ma’lumotlarini ko‘rsatishicha suvni asosiy qismi 110-150°C oralig‘ida chiqib ketadi, butunlay suvsizlanish esa 550°C da tugaydi. Hosil bo‘lishi jihatidan allofan tipik nurash mahsulotidir. U intruziv tog‘ jinslarini nurash zonasida galluazit bilan birga uchrab, vaqt o‘tishi bilan kaolin va boshqa minerallarga aylanishi mumkin. Bundan tashqari allofan gilli, qo‘ng‘ir temirtoshli, hamda ko‘mirli ruda konlarini oksidlanish zonasida uchraydi. Ayrim joylarda allofan rudasi bor intruziv tog‘ jinslarini gidrotermal o‘zgarishidan endogen jarayonlarda ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu mineralni uyumlari Uralda (Juravlinsk alunit koni), Xakassk avtonom oblastida (Potexin qishlog‘i yaqinida), Ukrainada ma’lum. O‘zbekistonda allofan juda ko‘p uchramasa ham Chotqol- Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston konlarida ancha ko‘p kuzatilgan va tekshirilgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling