Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
300 30.2 –rasm. Albit morion bilan birgalikda (Ural) Plagioklazlarni quyidagi xillari ma’lum: 1) oy toshi – nordon plagioklaz (ko‘pincha kaliy-natriyli dala shpati (bu xilini ko‘kimtir oq va yashil oq tusda bo‘lishi yoriq oyni eslatadi)); 2) quyosh toshi (ba’zan avantyurin deyiladi) – tarkibida temir yaltirog‘ining juda mayda zarralari bo‘lganligi uchun tilladek chaqnab tovlanib turadigan nordon plagioklaz (kaliy-natriyli dala shpati). Plagioklazlarni aniq bilish uchun mikroskop va rentgen analizlardan foydalaniladi (30.4-jadval). Plagioklazlarga kislota har xil ta’sir qiladi. Kislotalarda erishi al’bitdan (kislotada deyarli erimaydi) anortitga qarab ortib boradi (anortit oson eriydi). Dahandam alangasida qiyinchilik bilan erib shishaga aylanadi. 30.4.jadval Plagioklazlarni rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari . Mineral Asosiy chiziqlari Al’bit 3,21 4,11 2,955 Oligoklaz 3,18 4,07 3,67 Labrador 3,22 2,534 1,824 Anortit 3,20 2,509 2,135 301 Plagioklazlar endogen jarayonlarda hosil bo‘ladi. Ko‘pgina magmatik tog‘ jinslarda plagioklazlar asosiy jins tashkil qiluvchi mineral hisoblanadi. Tog‘ jinslarini kimyoviy tarkibi plagioklazlarni tarkibiy qismini belgilaydi. Asos tog‘ jinslarida asosli plagioklazlar, nordonlarida esa – nordon plagioklazlar uchraydi. Pegmatit jarayonlardagi plagioklazlar nomeri 30 dan oshmaydi. Metamorfizm jarayonida plagioklazlarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bularni asosiylaridan biri al’bitlanishdir. Bu o‘zgarish bilan seritsitlanish va epidotlanish bog‘liqdir. Al’bitlanish jarayonida asosiy plagioklazlar nordon tarafga qarab o‘zgaradi. Gidrotermal eritmalar ta’sirida plagioklazlar parchalanadi, anortit osonlikcha silikatlarga (epidot, seritsit,ssoizit) aylanadi, al’bit esa barqaror bo‘lib o‘z joyida qoladi yoki eritmalar orqali tog‘ jinslariga o‘tib, al’bitlanish jarayoni yuzaga keladi. Umumiy holda bu jarayonni quyidagicha ifodalash mumkin: 6Na[AlSi 3 O 8 ]∙4Ca[Al 2 Si 2 O 8 ]+K 2 SiO 3 ∙H 2 O+2H 2 O+2CO 2 +O= 6Na[AlSi 3 O 8 ] + 2KAl 2 (OH) 2 [AlSi 3 O 10 ]+Ca 2 Al 3 (OH)O[Si 2 O 7 ][SiO 4 ]+2Ca[CO 3 ] al’bit seritsit Plagioklaz konlari juda ko‘p. Labradorni yirik koni Ukrainada (Jitomir oblasti), oyli tosh koni O‘rta Uralda (Shaytanka va Lipovkani pegmatit tomirlarida), quyoshli tosh Janubiy Uralda (Il’men tog‘lari) ma’lum. Plagioklazlar O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydigan jins tashkil qiluvchi minerallardan hisoblansa ham juda to‘liq darajada o‘rganilmagan. Yerni yuza qismida plagioklazlar barqaror bo‘lmay nurash jarayoni ta’sirida parchalanadi. Buning natijasida ulardan ishqorlar va ishqoriy er metallar butunlay chiqib ketadi. Ayrim hollarda plagioklazlar hisobiga kaolin uyumlari hosil bo‘ladi. Labradorlar bezaktosh sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling