Kristallografiya va mineralogiya
Montmorillonit - (Al, Mg)
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Montmorillonit - (Al, Mg)
2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]·nH 2 O Bu gruppa cheka a’zolari: montmorillonit (Al, Mg) 2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O va beydellit (R 2 H 3 O)Al 2 (OH) 2 [AlSi 3 O 10 ]∙nH 2 O, bunda R=K ba’zan Na bo‘lgan minerallar izomorf qatorini ko‘rib chiqamiz. Montimorillonit nomi topilgan joyiga (Fransiyadagi Montimorillon koni) qarab ko‘yilgan. Beydellitni nomi ham topilgan joyiga qarab qo‘yilgan (Amerikada Beydell koni). Montmorillonit gruppasi minerallarini kimyoviy tarkibi barqaror bo‘lmay o‘zgaruvchan bo‘lib alyuminiy silikatlaridan boshlanib (montimorillonit), alyumosilikatlargacha bo‘ladi (beydellit). Asosiy tarkibiy qismi quyidagi miqdorlar oralig‘ida bo‘ladi (% hisobida): SiO 2 =35,95-53,95; MgO=0,23-25,89; Al 2 O 3 =0,14- 29,90; H 2 O=11,96-26,0; Fe 2 O 3 =0,03-29,0. Bundan tashqari FeO, Cr 2 O 3 , CaO, NiO, CuO, Na 2 O, K 2 O, ZnO va Li 2 O bo‘lishi mumkin. Montimorillonitli minerallar cho‘kindi jinslarda boshqa minerallar bilan (kaolinit, gidroslyudalar) qonuniy o‘simtalar hosil qilganligi, hamda kremnezem va temir gidrooksidlarini juda mayda (ko‘pincha kolloid) zarralari aralashganligi sababli, bu minerallarni kimyoviy analizlari doimo tarkibini to‘g‘ri ifodalayvermaydi. Singoniyasi monoklin yoki rombik. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,17; b 0 =8,094; c 0 =15,2 (c 0 - 400°C gacha qizdirganda 9,6 gacha kamayadi). Montimorillonit tarkibidagi alyuminiy Fe 3+ , Cr 3+ , Ca 2+ , Mg 2+ , Zn 2+ , Cu 2+ va Li 2+ bilan o‘rin almashishi mumkin va buning natijasida montimorillonitni quyidagi xillari hosil bo‘ladi. 1. Nontronit – Fe 2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O (ferrimontimorillonit); 2. Kerolit – Mg 3 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O (saponit); 3. Sokonit – (Al,Zn) 2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O (sinkmontimorillonit). Sokonitni yog‘li glina deb ham atashadi. Bu mineral rux rudasi sifatida ham o‘ziga jalb qiladi; 4. Medmontit – (Al,Cu) 2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O (kupromontimorillonit); 5. Xrizokolla – Cu 3 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O; 6. Volkonskoit – (Mg,Ca,Cr,Al) 3 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O (xrommontimorillonit); 7. Gektorit – (Mg, Li) 2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]∙nH 2 O (litiyli montimorillonit). Bularni ichida eng ahamiyatlilari nontronit (Fransiyadagi nontrone degan joydan topilgan uchun Shunday nom berilgan) va xrizokolladir (nomi grekcha “xrizos” – oltin, “kollya” – kley so‘zlaridan kelib chiqqan). 294 Montmorillonit odatda mayda dispers, yopiq kristallangan, zich va tuproqsimon agregatlar hosil qiladi. Montmorillonitni rangi kulrang, qo‘ng‘ir, qizg‘ish tusli oq, yashil; xrizokolla – havorang, havorang yashil yoki ko‘k, hattoki qora ham bo‘lishi mumkin; nontronit – yashilroq sariq, yashil, qo‘ng‘ir yashil. Yaltirashi xira, shishasimon ham bo‘lishi mumkin. Zich xillarini sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi: montimorillonit 1,5-2,5; xrizokolla – 2 atrofida (ba’zan 4 gacha); nontronit – 2-2,5. Solishtirma og‘irligi: montimorillonit – 2,2-2,9, xrizokolla 2-2,3, nontronit – 1,73- 1,87. Sindirish ko‘rsatkichi 1,48-1,66. Ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi 0,025- 0,040. Solishtirma og‘irligi, qattiqligi va optik xususiyatlari tarkibiga, kristallanish darajasiga va gidratatsiyaga qarab o‘zgaradi. Montimorillonit gruppasi minerallari suv ishtirokida shishib deyarli 3 martagacha kattalashadi. Bu minerallar Yuqori darajadi yutish xususiyatiga ega. Montmorillonit gruppasi minerallarini aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, namlikda kuchli shishisi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan yog‘langanligi hisoblanadi. Bu minerallarni rentgen, termik, optik va kimyoviy tekshirishlarsiz aniq bilib bo‘lmaydi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 15,3; 11,5; 4,42; 2,55 (montimorillonit uchun); 16,6; 4,52; 1,519 (nontronit uchun); 3,35; 1810; 1,373 (xrizokolla uchun). Kislotalarda qisman cho‘kindi hosil qilib parchalanadi. Dahandam alangasida o‘zgarmaydi: qizdirgandan so‘ng adsorbsion xususiyati yo‘qoladi. Montimorillonitni qizdirish egri chiziqlarida ikki yoki uch endotermik effekt kuzatiladi: 1) 120-200°C oralig‘ida kuchsiz bog‘langan suv ajraydi; 2) 600- 730°C da gidroksil suv ajraydi; 3) 780-800°C da suvsiz montimorillonitni hal qiluvchi parchalanishi sodir bo‘ladi. Montmorillonit gruppasi minerallari asosan ishqorli muhitda vulqon tuflarini parchalanishidan hosil bo‘ladi. Dengiz cho‘kindilarida, asosli, ishqorli va ba’zan nordon intruziv tog‘ jinslarini nurash mahsulotlarida uchraydi. Atrofdagi tog‘ jinslarni tarkibiga bog‘liq ravishda har xil xillari yuzaga kelishi mumkin. Masalan: serpentinitlarni nurashidan nikelli va magniyli montimorillonitlar, rux va mis konlarini oksidlanish zonasida rux, mis, temir montimorillonitlari hosil bo‘ladi. 295 Montmorillonit gruppasini ko‘pgina minerallari cho‘kindi jinslarda keng taraqqiy qilgan bo‘lib, ba’zan gil konlarini hosil qilib, asosiy jins tashkil qiluvchi mineral hisoblanadi. Montimorillonitli gilli konlar juda ko‘p. Konlari Gruziyada, Kavkazda, Qrimda, Zakarpat’eda, Amerikada, Fransiyada, Germaniyada, Yaponiyada ma’lum. Montmorillonit O‘zbekistonni mezo-kaynazoy davrini gilli yotqiziqlarida eng ko‘p tarqalgan minerallardan biridir. Shuning uchun bu mineral O‘zbekistonda juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, juda ko‘p o‘rganilgan. Montmorillonitli gillarini sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. O‘zining kimyoviy va fizik kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq ravishda, sanoatning 200 dan ortiq sohasida ishlatiladi. Bulardan asosiylari neft’, tekstil’, sovun pishirish, kosmetika, rezina, qog‘oz va keramika sohalaridir. Montmorillonitli gillar suvni va oziq-ovqat mahsulotlarini tozalashda ham ishlatiladi. Montimorillonitli gillarni Ni, Cu, Zn li xillari shu minerallari mingeral bilan birgalikda shu elementlarni rudalari sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling