Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Serpentin – Mg
3 (OH) 4 [Si 2 O 5 ] Mineralning nomi lotincha «serpens» - ilon so‘zidan kelib chiqqan (mineral tashqi ko‘rinishi jihatidan ilon terisiga o‘xshash bo‘ladi). Sinonimlari – zmeevik (mineralni ruscha nomi), ofit (mineralni grekcha nomi). Kimyoviy tarkibi: Mg – 26,2%; Si – 20,3%; O – 52%; N – 1,5%. Aralashma sifatida ko‘pincha FeO, Fe 2 O 3 hamda NiO, Cr 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Singoniyasi monoklin. Bu mineral to‘g‘ri tuzilgan kristallar tarzida hech uchramaydi. Uning aniq kristallangan xili, faqat antigorit bo‘lib, u ehtimol monoklin singoniyaga mansubdir. Serpentin chalkash tolasimon agregatlar hosil qiladi. Bunday xili xrizotil (grekcha «xrizos» - oltin, «tilos» - tola) deyiladi, agarda tolalari parallel tuzilgan bo‘lsa xrizotil – asbest deyiladi. Tolalarini uzunligi 0,1 mm. dan 50 mm. gacha, 289 juda kam hollarda 160 mm. gacha etadi. Ba’zan bu mineral xloritga o‘xshash varaqsimon agregatlar holida uchraydi. Bunday xili antigorit deyiladi (Italiyadagi Antigoriya vodiysini nomiga qo‘yilgan). Antigoritni nikelli xili nepunt deyiladi. Nepuntni amorf xili revdinskit deyiladi. Hisoblashlaricha xrizotil avval amorf yoki yopiq kristallangan holda bo‘lib, so‘ngra kristall holga o‘tgan. Serpentinni rangi har xil tusdagi qoramtir yashil va butilkasimon yashil; antigorit kulrang, ko‘pincha ko‘k tusli; xrizotil –asbest oltindek tovlanadigan sariq- yashil, tolalari qordek oq. Ulanish tekisligi faqat antigoritni yirik plastinkasimon xillarida (001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 2,5-3,5. Solishtirma og‘irligi – 2,5- 2,7. Optik xususiyatlari: Ng=1,511-1,571; Nm=1,502-1,570; Np=1,490-1,560; Ng- Np=0,011-0,021. Juda o‘tga chidamli. Issiqlikni, elektrni va tovushni yomon o‘tkazadi. Serpentinni (Ni,Mg) 3 (OH) 4 [Si 2 O 5 ] tarkibli nikel’ bo‘lgan xili revdinskit deyiladi. Revdinskit o‘ta asos tog‘ jinslarini nurash jarayonida, yangi hosil bo‘lgan mineral sifatida uchraydi. Revdinskitni rangi och yashil, qattiqligi 2-2,5, solishtirma og‘irligi 2,5-4,2. Serpentinni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib qoramtir yashil (oddiy serpentin uchun) va kulrang (antigorit uchun) rangi, xrizotil – asbest uchun xarakterli bo‘lgan parallel tolasimon tuzilishi va tolalarini elastikligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 7,16; 3,588; 2,52 (antigorit uchun); 7,36; 3,66; 1,522 (xrizotil uchun). HCl va H 2 SO 4 da eriydi. Dahandam alangasida erimaydi. Yopiq trubkada ko‘p suv ajralib chiqadi. Serpentin metasomatik jarayonlarda o‘ta asos va karbonatli jinslar hisobiga yuzaga keladi. Serpentinni birlamchi minerallar o‘rnida yuzaga kelishi gidrotermal eritmalar ta’sirida bo‘ladi. Serpentin ba’zan sovuq suvli eritmalardan ham hosil bo‘lishi mumkin. Serpentinni sanoatbop konlari o‘ta asos tog‘ jinslarda va dolomitli ohaktoshlarda ma’lum, o‘ta asos jinslarda serpentin tarkibida kremniy kislotasi bo‘lgan gidrotermal eritmalar ta’sirida olivin va piroksenni serpentinlanish jarayonida yuzaga keladi. Serpentinlanish jarayoni quyidagi reaksiya asosida davom etadi: 290 3Mg 2 [SiO 4 ]+4H 2 O+SiO 2 =2Mg 3 (OH) 4 [Si 2 O 5 ]; 2Mg 2 [SiO 4 ]+2H 2 O+CO 2 =Mg 3 (OH) 4 [Si 2 O 5 ]+Mg[CO 3 ]. Serpentinni dolomitli ohaktoshlardagi konlari gidrotermal eritmalarni dolomitli ohaktoshlarga ta’mir etishi natijasida quyidagi reaksiya asosida yuzaga keladi: 3(CaCO 3 ∙MgCO 3 )+2SiO 2 +2H 2 O=Mg 3 (OH) 4 [Si 2 O 5 ]+3CaCO 3 +3CO 2 Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling